BYORNXEM
BYORNXEM, Byornem (Burnham) Jeyms (1905.22.11, Chikago 1987) amerikalik sotsiolog, boshqaruv inqilobi nazariyasining mualliflaridan biri. Nyuyork universiteti professor (1929-53). Byornxem fikricha, hozirgi dunyoda tashkilotchilar (oliy muhandislar, ma’murlar va boshqaruvchilar)dan iborat yangi hukmron sinf yuzaga kelmoqdaki, u butun jamiyat manfaatlari yo’lida boshqaruv ishlarini amalga oshira oladi. Byornxem o’z asarlarida marksizm va sotsializmni tanqid qilgan.
O‘xshash so‘zlar
- BYUDJET
- BYUDJET INDEKSI
- BYUDJET MUASSASALARI
- BYUDJET REZERVLARI
- BYUDJET STATISTIKASI
- BYUDJET TAQCHILLIGI
- BYUDJET TEKSHIRUVLARI
- BYUDJET TIZIMI





