Kollenxima – Yelimshiq to’qima
Kollenxima – Yelimshiq to’qima – ikki pallali o’simliklarning birlamchi tayanch (mexanik) to’qimasi. Yosh o’suvchi a’zolar elastikligi va mustahkamligini ta ‘minlaydi.
Kollenxima – Yelimshiq to’qima – ikki pallali o’simliklarning birlamchi tayanch (mexanik) to’qimasi. Yosh o’suvchi a’zolar elastikligi va mustahkamligini ta ‘minlaydi.
Kolleksiya, to’plam – o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq va boshqalarning ilmiy yoki amaliy maqsadlarda tartibga solingan majmui.
Kollaterallar – umurtqali hayvonlar qon tomirlarining yonbosh shoxlari. Asosiy tomirlar ishtirokisiz qonning kelishi yoki qaytib ketishini ta’minlaydi.
Kollagen – Yelimshiq oqsil – biriktiruvchi to’qimadagi kollagen tolalar asosini tashkil qilib, uning mustahkamligini ta’minlaydigan uzun tolali oqsil. Suyak, рау, tog’ay, teri va boshqa to’qimalarda uchraydi.
Koleoriza – Ildizparda – asosan g’alla o’simliklari murtak ildizini о’rаb turuvchi parda.
Koleoptil – Naycha barg – g’alladoshlarning yerdan endigina unib chiqqan rangsiz, yashil yoki qizg’ish birinchi naychasimon yoki qinsimon bargi. Haqiqiy barglardan farqli каvishda barg plastinkasiga ega emas.
Kokklar, donador bakteriyalar – sharsimon bakteriyalar turi.
Kokarboksilaza, tiaminditostat – vitamin B.ning pirofosforli efiri. Odam va hayvon organizmida glukozaning parchalanishida muhim ahamiyatga ega, piruvatdekarboksilaza fermentining kofermenti.
Kofermentlar, koenzimlar – ba’zi fermentlar fаоl markazining tarkibiga kiruvchi oqsil bo’lmagan organik birikmalar. Ko’pchilik kofermentlar vitaminlar hosilasidir.
Kofein – kofe daraxti urug’i, choy bargi tarkibida uchraydigan alkaloid; purin hosilasi.