OPTATSIYA
OPTATSIYA (lot. istak, tanlov) — bir davlatdan ikkinchi davlatga o’tayotgan hududda yashayotgan aholiga fuqarolikni tanlash huquqini berilishi.
OPTATSIYA (lot. istak, tanlov) — bir davlatdan ikkinchi davlatga o’tayotgan hududda yashayotgan aholiga fuqarolikni tanlash huquqini berilishi.
OPPORTUNIZM (lot. opportunis – qulay foydali) — muvofiqlashish, kelishuvchilik. Jamiyatning turli qatlamlari o’rtasida o’zaro kelishuvchanlik, bir-biriga muvofiqligini ko’rsatuvchi tushuncha.
OPPONENT (lot. e‘tiroz bildiruvchi) — bahsda biror kishining fikriga, mulohazasiga e‘tiroz bildirib, uni qisman yoki to’la rad etuvchi kishi.
OMMAVIY — 1) ommabop, hamma uchun tushunarli, oddiy bayon qilish; 2) keng xalq ichida tanilgan, muhabbat va muvaffaqiyat qozongan kabi ma‘nolarga ega.
OMIL — ro’y berayotgan jarayonning sababi, harakatlantiruvchi kuchi yoki uning asosiy shartlaridan biri.
OLIGARXIYALASHUV — hokimiyatning kichik guruh qo’liga o’tishi.
OFISIOZ (lot. officiosus – xizmatga tayyor, iltifotli) — hukumatning nuqtainazarini ifoda etuvchi. U bilan bog’liq amalda, uning direktivalarini amalga oshiruvchi, biroq rasmiy jihatdan uning organi bo’lmagan matbuot (gazeta, jurnal, tv).
ODATIY SIYOSIY ONG — siyosiy ongning darajalaridan biri. U ijtimoiy guruhlarning kundalik hayotidan bevosita paydo bo’ladigan g’oyalar, qarashlar, tasavvurlar yig‗indisidir. Bu ong mazmuniga ko’ra ko’p jihatdan empirik ongga o’xshash bo’ladi.
OBTEKTIVIZM — voqelikni tanqidiy baholashdan voz kechish, qadriyatiy yondoshuvni inkor etishdir. Bu tushunchada sub‘yektiv omilga oid barcha narsalar inkor etiladi. Ob‘yektivlik tushunchasi esa sub‘yektga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan narsa … Read More