ORTIQCHA TALAB
ORTIQCHA TALAB – mavjud baholar darajasida tovarlar va xizmatlar taklifidan ularga bo’Igan talabning ko’pligi. To’liq bandlilik sharoitida inflyatsiya darajasining oshishiga olib keladi.
ORTIQCHA TALAB – mavjud baholar darajasida tovarlar va xizmatlar taklifidan ularga bo’Igan talabning ko’pligi. To’liq bandlilik sharoitida inflyatsiya darajasining oshishiga olib keladi.
ORTIQCHA ZAXIRALAR – bankning Markaziy bankdagi depozitlar summasi, shuningdek, kassa naqdi.
OSSILLYATORLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI – bozorning qayta burilishi to’g’risida oldindan darak berishidir. Ular kanaldagi o’yin singari, trend bozoridagi o’yinlarda ham foydali bo’lishi mumkin – qayta burilishning yaqinlashib kelayotgan nuqtalarini aniqlash … Read More
OFFSHOR HUDUD – yuridik shaxslarga bojxona va soliq imtiyozlari va boshqa qulayliklar keng yaratib berilgan hudud va mamlakatlar. Bunday hududlarda norezident bo’lgan offshor kompaniyalar tashkil qilinadi va faoliyat olib boradi. … Read More
OFERDRAF – mijoz joriy hisob varag’ining salbiy qoldig’i bo’lib, bank krediti bilan qoplanadi.
ODDIY VAQTBAY – ish haqining bu shaklida muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar haqiqatan ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi. Vaqtbay ish haqi oluvchi ishchilar mehnatiga haq ularning ishlagan vaqti va … Read More
ODDIY MONOPOLIYA – mahsulot birligini bir xil narxda sotuvchi monopoliya. Mahsulot qo’shimcha birligini sotishdan olgan chegaraviy daromadi uning narxidan doim pastdir.
ODDIY ISHBAY – mehnatga haq to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish yoli bilan ish miqdori aniqlanadi.
ODDIY BUXGALTERIYA PROVODKASI – bitta schyot debetlanib, ikkinchi schyot kreditlanadigan buxgalteriya provodkasi.
OCHIQ TURDAGI HISSADORLIK JAMIYATI – shunday aksionerlik jamiyatiki, uning aksiyalari ochiq savdoga chiqadi va ular ochiq obuna sifatida ta’sischilar qaroriga muvofiq tarqatilishi (sotilishi) mumkin.