Maymunlar
Maymunlar – odamsion maymunlar (primatlar) turkumini tashkil qiluvchi yuksak darajada tuzilgan sut emizuvchilar. Kengburunli va torburunli guruhlarga bo’linadi.
Maymunlar – odamsion maymunlar (primatlar) turkumini tashkil qiluvchi yuksak darajada tuzilgan sut emizuvchilar. Kengburunli va torburunli guruhlarga bo’linadi.
Mayda baliqchalar – baliqlar rivojlanishidagi dastlabki bosqich.
Maturaza – intronlarni qirqish va transport-RNKlarning «yetilish» reaksiyalarini katalizlovchi ferment.
Matritsa – genetik informatsiya nusxasini olish uchun qolip yoki asos. Bu DNK ning polinukleotid zanjiri bo’lib, undan yangi nusxa olish uchun xizmat qiladi.
Matriks (sitologiyada) – hujayraning asosiy moddasi.
Maskulinizatsiya, erkaklanish – urg’ochi zotlarda erkaklik ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo’lishi.
Markaziy asab tizimi – odam va hayvon asab tizimining asosiy qismi bo’lib, bosh hamda orqa miyadan tashkil topgan. Uning asosiy faoliyati reflekslarni, ya’ni огgапizmпiлg murakkab, yuksak ixtisoslashgan reaksiyalarini amalga oshirishdir.
Manzarali o’simliklar – ko’rinishi, shakli chiroyli, guli va barglari rang-barang, bog’, xiyobonlar va ko’chalarga xushmanzara berishda foydalaniladigan o’simliklar.
Maqsadga muvofiqlik – organizmning yashash sharoitiga moslashib, tuгli a’zolarining o’zaro uyg’unlik bilan harakat qilishi. Darvin ta’limotiga ko’ra maqsadga muvofiqlik tabiiy tanlanish natijasidir.
Mannanlar – o’simliklarning jamg’arma va tayanch vazifasini bаjaruvchi polisaxaridlari; asosan, mапnozalardan tashkil topgan.