Tonoplast
Tonoplast – o’simlik hujayrasi vakuolasining parda (membrana)si. Moddalarni faol ko’chirish va tanlab o’tkazish xususiyatiga ega.
Tonoplast – o’simlik hujayrasi vakuolasining parda (membrana)si. Moddalarni faol ko’chirish va tanlab o’tkazish xususiyatiga ega.
Tomirlar – 1) odam va hayvonlarda limfa hamda qon o’tkazuvchi ichi kavak tomirlar. 2) o’simliklarda suv va unda erigan moddalarni o’tkazuvchi naylar.
Toldoshlar – ikki pallali o’simliklar oilasi. Bularga tol va terak turkumi kiradi.
Tolerantlik – chidamlilik, barqarorIik, bag’rikenglik.
Timin – DNK ning muhim azot asoslaridan biri.
Tillaqo’ng’izlar – o’simliklar bilan oziqlanuvchi qo’ng’izlar.
Tikanaklar – 1) o’simliklarda shakli o’zgargan роуа yoki barg; 2) hayvonlаr teri (qoplovchi) qatlamidagi himoya o’simtalari.
Tilakoid – xloroplastning tuzilish elementi. Fotosintetik apparatning mujassamlashgan disklar to’plamidan iborat kompleksi.
Tikan – o’simliklardagi uchi qattiq, odatda yog’ochga aylangan ko’rinishi o’zgargan barg yoki novda. Himoya vazifasini bajaradi.
Tigmonastiya – o’simlik a’zolarining mexanik ta’sir (tegish, ishqalanish)ga javoban harakatga kelishi.