Yuqori energetik birikmalar
Yuqori energetik birikmalar – ATF vа fermentativ reaksiyalarda ATF hosil qilish xususiyatiga ega moddalar. Bularning gidrolizlanishi natijasida ko’p miqdordakimyoviy еnеrgiya ajralib chiqadi.
Yuqori energetik birikmalar – ATF vа fermentativ reaksiyalarda ATF hosil qilish xususiyatiga ega moddalar. Bularning gidrolizlanishi natijasida ko’p miqdordakimyoviy еnеrgiya ajralib chiqadi.
Yo’g’onichak – oshqozon-ichak yo’lining ingichka ichakdan keyingi bo’limi. Bu bo’limda hazm qilish уа so’rish jarayonlari (ayniqsa suvning so’rilishi) tugallanadi.
Yo’sinlar – yuksak o’simliklarning qadimiy,eng sodda tuzilgan vakillari.
Yo’ldosh hujayralar – skelet rnuskullardagi ustun hujayralar. O’z-o’zidan ko’payuvchi populatsiyani ifodalaydi. Differensiatsiyaga uchrayotgan hujayralarning manbai bo’lib xizmat qiladi.
Yuvenillik, yoshlik davri – o’simliklarda urug’ning unib chiqishidan gullashgacha bo’lgan o’sish davri.
Yutish – murakkab reflektor harakat bo’lib, ovqat og’iz bo’shlig’idan qizilo’ngachga o’tadi.
Yuvenil gormoni – Yoshlik gormoni – hasharotlarning rivojlanish bosqichlarini boshqaruvchi gormon.
Yurak sikli – yurakning har bir alohida qisqarishi (sistola vа diastolа) tufayli paydo bo’ladigan ketma-ket jarayonlar.
Yurak bo’lmasi – qonni to’plab, yurak qorinchasiga o’tkazuvchi qismi.
Yuqish – patogen mikroorganizmning kasallikka moyil xo’jayin tanasiga kirishi.