ANTROPOLOGIK TIP
ANTROPOLOGIK TIP – muayyan hududga mansub odamzodning tana tuzilishidagi irqiy turg’un belgilarning tarixan shakllangan majmui. “Antropologik tip” termini bilan katta irqlar ham, ularning bo’limlari ham ifodalanadi.
ANTROPOLOGIK TIP – muayyan hududga mansub odamzodning tana tuzilishidagi irqiy turg’un belgilarning tarixan shakllangan majmui. “Antropologik tip” termini bilan katta irqlar ham, ularning bo’limlari ham ifodalanadi.
ANTROPOGENEZ (antropo … va … genez) — inson jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyati, tili, shuningdek jamiyatning dastlabki rivojlanish jarayoni. Antropogenez haqidagi ta’limot — antropologiya tarmog’i.
ANTROPOGEN EROZIYA (Yunoncha anthropos — odam va genes — paydo bo’lish) — insonning ekologik muvozanatni buzadigan xo’jalik faoliyati natijasida tuproq unumdor gorizontlarining yemirilishi. Antropogen eroziya natijasida tuproq unumdorligini yo’qotadi.
ANTROPOGEN OMILLAR, muhitning antropogen omillari — odam va uning xo’jalik faoliyatining o’simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog’liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko’rsatib, uni o’z ehtiyojlariga moslashtirib, … Read More
ANTROPOGEN LANDSHAFT – shakllanishida insonning xo’jalik faoliyati katta rol o’ynagan geografik landshaft.
ANTROPO… (Yunoncha anthropos — odam) — odamga aloqador ekanlikni bildiruvchi yasama so’z tarkibiy qismi (masalan, antropologiya, antropometriya).
ANTREPRENYOR (Fransuzcha entrepreneur — tomoshaxona egasi) — xususiy tomoshaxona (teatr, tsirk va boshqalar) egasi, ijarachisi. Chet ellarda menejer, impressario, prodyuser deb ham yuritiladi.