ALANLAR

ALANLAR – milodiy 2-9-asrlarda Quyi Volga bo’yi, Janubiy Uraloldi, Don bo’yi, shimoliy Kaspiy bo’yi (Dneprgacha) mintaqalarda yashagan kabilalar; sarmatlarnipt avlodi. O’zlarini ironlar deb ataydilar, Vizantiya manbalarida alanlar, gruzin manbalarida oslar, … Read More

ALANIYA

ALANIYA — shimoliy Kavkazning markaziy qismida 9-asr oxiri — 10-asrda vujudga kelgan davlat birlashmasi. 13-asr boshida mo’g’ullar istilosi natijasida parchalanib ketgan.

ALANIY

ALANIY, a-aminopropion kislota, tabiatda keng tarqalgan aminokislotalardan biri. Molekulyar modda 89,09. Organizmda erkin holda uchraydi, barcha oqsillar tarkibiga kiradi. R-A. CH2(NH2) CH2COOH oqsillar tarkibida uchramaydi, lekin aminokislotalar almashinuvida u oraliq … Read More

ALAND OROLLARI

ALAND OROLLARI, Axvenanma — Boltiq dengizida, Botnik qo’ltig’iga kiraverishda; 6,5 mingdan ortiq granit Orol (balanligi 132 metrgacha) va qoyalardan iborat. Finlyandiya tarkibida. Maydoni 1,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 25 ming … Read More

ALANGALANISH

ALANGALANISH — yonishni vujudga keltiruvchi jarayon; yonuvchi moddaning biror issiqlik manbai (alanga, qizigan jism, elektr uchquni) ta’sirida o’t olib, yolqinlanib yonishi. Alangalanish yonilg’ining o’z-o’zidan o’t olishidan farq qiladi; tashqi manba … Read More

ALANGA FOTOMETRIYASI

ALANGA FOTOMETRIYASI – emission spektral analiz turlaridan biri. Asosan eritmalardagi ko’pgina metallar va nodir yer elementlari atomlari miqdorini ularning alanga spektral chiziqlari yoki yo’llariga qarab aniqlashda qo’llaniladi. Yoritgich gaz, vodorod, … Read More

“ALANGA”

“ALANGA” — oylik adabiy va badiiy jurnal, 1928-30 yillarda Samarqandda nashr etilgan. Jami 32 soni chiqqan. 1-sonining adadi 5000. “Alanga” lotin alifbosida bosilgan birinchi jurnaldir. Bir oz muddat Botu muharrirlik … Read More

ALAMUT

ALAMUT — Qazvin (Eron) shahrining shimoliy-g’arbida, Elburs tog’idagi qal’a. Ismoiliylar mazhabining maxfiy tariqati bo’lgan hashshoshiylar boshlig’i Hasan Sabboh 1090 yil bosib olgan. Nihoyatda mustahkam deb hisoblangan bu qal’ani tariqatning maxfiyatini … Read More

ALAMLISOY

ALAMLISOY — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Qaroqchitog’ning Janubiy yon bag’rida 900 metr balandlikdan boshlanib, Tohirshayx adirlarida tugaydi. Uzunligi 8 kilometrdan ziyod. Alamlisoy vodiysining kengligi 100-200 metr. Vodiyda uchtagacha terrasa … Read More

ALAMKASH

ALAMKASH (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom o’g’li) (1846 — hozirgi G’allaorol tumani, Qizilqo’rg’on qishlog’i — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. O’z qishlog’ida maktab ochib, shu maktab o’quvchilari uchun hisob ilmiga … Read More