AVTOSHTURMAN

AVTOSHTURMAN — mustaqil Aeronavigatsiya qurilmasi. Avtoshturman samolyot yo’lini xaritaga chizib boradi. Samolyotning uchish yo’nalishini maxsus tizimli distantsion kompas ko’rsatib turadi. Samolyotning havoga nisbatan tezligi haqiqiy havo ko’rsatkichidan qayd qiluvchi moslamaga … Read More

AVTOCHANA

AVTOCHANA — korda yuradigan avtomobil. Avtochananing yetakchi qismi gusenitsali qilib tayyorlanadi, old qismiga boshqariladigan g’ildiraklar yoki chang’ilar o’rnatiladi.

AVTOXTONLAR

AVTOXTONLAR (Yunoncha autochthones — mahalliy, jaydari), aborigenlar — bir joyda evolyutsiya jarayonida paydo bo’lgan mahalliy organizmlar. Avtoxonlar paydo bo’lgan joyni ular kelib chiqqan markaz yoki makon deyiladi. Avtoxonlar tur, kenja … Read More

AVTOXTON

AVTOXTON (Yunoncha autochthon — mahalliy, shu joyga xos) (geologiya) — tektonik qoplamlar hosil bo’lishida deyarli siljimay o’z joyida qolgan burmali tuzilmalar (alloxtoning aksi). Ustini qoplagan jinslar bilan bir xil yoshda … Read More

AVTOXORIYA

AVTOXORIYA (Avto … va Yunoncha choreo — surilaman) — o’z-o’zidan tarqalish; meva, urug’larning tashqi omillar ta’sirisiz o’z-o’zidan to’kilishi, sochilishi va tarqalishi. Avtoxoriya turli shaklda sodir bo’ladi: yaxshi pishgan mevadan urug’ning … Read More

AVTOFAZALASH

AVTOFAZALASH — tsiklik tezlatgichlarda katta energiyali zaryadlangan zarralar dastasining orbitada turg’unligini ta’minlash uchun zarralar guruhining o’rtacha aylanish chastotasini tezlashtiruvchi o’zgaruvchan elektr maydon chastotasiga avtomatik tarzda tenglashtirib turish. Avtofazalash printsipini 1944 … Read More

AVTOULAGICH

AVTOULAGICH — temir yo’l sostavi (lokomotivlar, vagonlar va hokazo) ni odam ishtirokisiz ulaydigan moslama. Avtoulagich harakatlanuvchi sostavlarning birbiriga yaqinlashish yoki urilish kuchi ta’sirida ularni o’z-o’zidan ulaydi. Vagonlarni bir-biridan ajratishda esa … Read More

AVTOTROFLAR

AVTOTROFLAR, avtotrof organizmlar (Yunoncha autos — o’zi, trophe — oziq, oziqlanish) — fotosintez, fotoreduktsiya va xemosintez jarayonlari tufayli noorganik moddalardan o’z hayoti uchun zarur organik moddalar tayyorlab olish qobiliyatiga ega … Read More

AVTOTROPIZM

AVTOTROPIZM (Avto … va Yunoncha tropos – harakat, burilish) — biror tashqi omil ta’sirida bukilib qolgan o’simlik organlarining oldingi holatini tiklab olish xususiyati. Masalan, boshoqli o’simliklarning yomg’ir ta’sirida yotib qolgandan … Read More

AVTOTRANSFORMATOR

AVTOTRANSFORMATOR – transformatorlarnchnt bir turi. Chulg’amlari bir-biriga galvanik tarzda tutashtirilgan bo’ladi. Oddiy transformatorlar kabi, bir fazali va ko’p fazali, kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi xillari bor. Avtotransformatorlar rele himoyasi va laboratoriya ishlarida, … Read More