ABSORBTSIYA

ABSORBTSIYA (lotincha absorbtio — yutilish, absorbeo — yutayapman so’zidan) — eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent) larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga Absorbtsiyalanishidan neftni qayta ishlash, … Read More

ABSORBER

ABSORBER — absorbtsiya jarayoni amalga oshiriladigan uskunaning asosiy apparati. Unda gazlardagi moddalar (shu jumladan zararli moddalar) suyuqlikka yutiladi. Kimyo sanoatida, kosmik kemalarning hayotni ta’minlash tizimlari va boshqalarda qo’llaniladi.

ABSENTEIZM

ABSENTEIZM (lotincha absentia — qatnashmaslik, bosh tortish) — 1) saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig’ilishlarda va hokazolada qatnashishdan bosh tortishi; aholining o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. … Read More

ABRUY QO’ZG’OLONI

ABRUY QO’ZG’OLONI – 6-asrning 80-yillarida mahalliy tabaqa — dehqonlarga va savdo aristokratiyasiga qarshi quyi Sug’d (hozirgi Buxoro viloyati) aholisi kambag’al tabaqasining ko’targan qo’zg’oloni. Qo’zg’olonga Abruy boshchilik qilgan. 10-asrda yashagan Buxoro … Read More

ABRUY

ABRUY (unvoni; qadimgi turkcha ala, xitoycha Abo — katta ma’nosida, asl ismi — To’ramon) (? — taxm. 585, Poykend) — kadivarlar qo’zg’oloni rahbari. Ba’zi tarixchilarning fikricha, turk xoqoni Mug’on (Muqon) … Read More

ABRU

ABRU (forscha — qosh) — o’zbek badiiy kashtachiligida qo’llaniladigan bezak. Shakli tutash qoshga o’xshaydi. Do’ppi jiyaklariga yo’rma usulida tikiladi.

ABRIS

ABRIS (nemischa abrip — chiziq, xomaki rasm) — 1) reproduktiv litografiyaga — ko’chirilayotgan tasvir qiyofasi; shaffof material — Plyur (yelim qatlamli shaffof qog’oz), kalka yoki jelatin plyonkaga maxsus tush bilan … Read More

ABRI NAVBAHOR

ABRI NAVBAHOR, bahor buluti -qora to’p-to’p, momaqaldiroqli bulut. Turkiston o’lkasida aprel-iyun oylarida ko’p kuzatiladi. Jala tarzida qattiq yomg’ir, do’l yog’adi.

ABRI BAHOR

ABRI BAHOR (forscha – bulut) – kitobat san’atida qo’lyozma kitob sahifalarini bezash san’ati; shuningdek shu usulda yaratilgan tasvir. Maxsus idishdagi daraxt yelimining suvdagi eritmasiga yelim va boshqalar bilan aralashtirib tayyorlangan … Read More