AFINA (AFINA PALLADA)

AFINA (AFINA PALLADA) — yunon afsonalaridagi urush va g’alaba, san’at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma’budasi. Zevsning qizi. Zevsning boshidan to’la qurollangan holatda (dubulg’a va sovut bilan) tugilgan. Afina shahrining … Read More

AFINA, QADIMGI AFINA

AFINA, QADIMGI AFINA— Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan shahardavlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog’li joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, bu joylarda odamlar … Read More

AFINA

AFINA — Gretsiyaning poytaxti, Attika nomi (viloyati)ning ma’muriy markazi. Afina mamlakatning Janubiy-sharqidagi Attika yarim orolida joylashgan, Egey dengizi sohilida, uch tomoni tog’. Aholisi 772 ming kishi (1995). Afina Pirey va … Read More

AFIDOFAGLAR

AFIDOFAGLAR (lotincha aphis — o’simlik biti va Yunoncha phagos — yeyuvchi) — asosan bitlar bilan oziqlanib yashovchi yirtqich va parazit hasharotlar turkumi. O’simliklarni himoya qilishning biologik usullarida keng qo’llanadi.

AFZALXON XATTAK

AFZALXON XATTAK (1687-1748) — afg’on tarixchisi va shoiri. Xattaklar avlodidan. Pushtu tilida ijod etgan. Xushholxon Xattakning nabirasi. Otasi Ashrafxon hijriy vafotidan keyin xattaklar xonligiga boshliq qilib tayinlangan. O’zining “Tarixi murassa’” … Read More

AFZALBOJLAR

AFZALBOJLAR, bojxona tarifi preferentsiyalari — bir yoki bir necha davlatning tovar importi uchun eng qulay sharoitlar yaratish maqsadlarida belgilangan bojxona bojlari. Shu mamlakatlarning jami yoki ayrim tovarlari turi uchun qo’llaniladi. … Read More

AFELIY

AFELIY (apo… va Yunoncha helios — Quyosh) — Quyosh atrofida aylanuvchi Sayyora, kometa yoki biror kosmik jism orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi. Afeliyda Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa 152 million kilometr … Read More

AFV ETISH

AFV ETISH — sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish. Odatda, davlat boshlig’ining qarori bilan amalga kiritiladi. O’zbekiston Respublikasida sudning hukmi … Read More

AFARUN

AFARUN — ilk o’rta asrlarda Sug’d podsholigining Panch (Panjikent) viloyat hokimligiga qarashli ma’muriy hududlardan birining hokimi. Movarounnahrda Arab futuhotlari davrida Panch hokimi Devashtichga yaqindan yordam berib turgan nufuzli shaxs.