AUTSAYDER

AUTSAYDER (inglizcha outsider — chet, begona) — qoloq, oxirgi. Musobaqada oxirgi o’rinlardan birini egallab kelayotgan sportchi yoki jamoa.

AUTRAYT

AUTRAYT (inglizcha outright) — oddiy muddatli valyuta bitimi. To’lovlarni tomonlar qat’iy belgilagan muddatlarda “forvard” kursi (narxlar o’zgarishini hisobga olgan holda) bo’yicha to’lashni nazarda tutadi.

AUTOPSIYA

AUTOPSIYA (Auto… va Yunoncha opsis — kesib ko’rish) — kasallikning kelib chiqish sabablarini bilish maqsadida murdani yorib, a’zolar, to’qimalar holatini, ulardagi o’zgarishlarni aniqlash. Ba’zan kasallangan a’zo yoki to’qimadan zarracha olib … Read More

AUTOINFEKTSIYA

AUTOINFEKTSIYA (Auto… va infektsiya) — organizmdagi mavjud mikroorganizmlar ta’sirida kasallik paydo bo’lishi. Odam organizmida oddiy sharoitda kasallik qo’zg’atmaydigan va shartli patogen mikroblar deb ataladigan turli mikroorganizmlar uchraydi. Qulay sharoitda (organizmning … Read More

AUTOINTOKSIKATSIYA

AUTOINTOKSIKATSIYA (Auto…, lotincha — ichga va Yunoncha toxicon — zahar) — normal hayot faoliyatida, shuningdek organizmning o’zida ishlab chiqariladigan zaharli moddalar bilan o’z-o’zini zaharlashi. Autointoksikatsiyaga asosan moddalar almashinuvi jarayonida yoki … Read More

AUTOINVAZIYA

AUTOINVAZIYA (Auto… va lotincha invasio — hujum) — odam yoki hayvonlardagi gijja kasalligining o’ziga qayta yuqishi. Masalan, bolalarning hojatdan keyin barmoqlarini yuvmasdan og’ziga solishi natijasida gijja tuxumlari me’da-ichak yo’liga kirib, … Read More

AUTOGEN MASHQ

AUTOGEN MASHQ (Yunoncha autogenes — o’zi bajaradigan), autotrening — ichki a’zolar funktsiyasi, harakat faoliyati buzilganda o’z-o’zini ishontirish va o’zo’zini boshqarish orqali shu holatdan forig’bo’lishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. … Read More

AUTOGEMOTERAPIYA

AUTOGEMOTERAPIYA – bemorning venasidan olingan qonni muskul orasiga yoki teri ostiga yuborib, organizmning muhofaza quvvatini oshirish va almashinuv jarayonlarini yaxshilash; ayrim kasalliklarni davolash usuli; yiringli yallig’lanish (furunkulyoz va hokazolar) kasalliklarida … Read More

AUTOANTIGENLAR

AUTOANTIGENLAR – organizm o’z hujayra va to’qimalarining shu organizmga qisman yot bo’lib qolgan tarkibiy qismlari; zarar etkazadigan har xil omillar va infektsion agentlar, shuningdek immunologic tolerantlikning izdan chiqishi sabab bo’ladi.

AUTOALLERGIYA

AUTOALLERGIYA — organizm reaktivligining o’zgargan holati. Bunda organizm o’zining to’qima komponentlari tarkibiy qismlaridan birortasiga ortiqcha sezuvchanlik bilan javob beradi. Autoallergiyada sezuvchanligi ortgan limfositlar va autoantitelolar o’z autoantigenlari bilan qayta reaktsiyaga … Read More