ATTESTATSIYA
ATTESTATSIYA (lotincha attestatio — guvohnoma) — xodimning malakasini, o’quvchilarning bilim darajasini belgilash; mahsulot, ish o’rinlari sifatini aniqlash.
ATTESTATSIYA (lotincha attestatio — guvohnoma) — xodimning malakasini, o’quvchilarning bilim darajasini belgilash; mahsulot, ish o’rinlari sifatini aniqlash.
ATTESTAT (lotincha attestor — guvohlik beraman).
ATTENYUATOR (Fransuzcha attenuer — kuchsizlantirish) — elektr kuchlanishi, tok kuchi, elektr yoki elektromagnit tebranishlarining quvvatini bir me’yorda, bosqichma-bosqich yoki muayyan qiymatgacha pasaytiruvchi qurilma. Attenyuator alohida qurilma sifatida, o’lchash asboblari yoki … Read More
ATROFIYA (Yunoncha atropheo — ozayapman)— to’qimalar oziqlanishining buzilishi natijasida a’zolarning kichrayib, hujayralar sifatiningo’zgarishi. Fiziologik va patologik Atrofiya tafovut qilinadi. Fiziologik Atrofiya a’zolar funktsiyalarining to’xtashi natijasida ro’y beradi. Chunonchi organizm o’sishdan … Read More
ATROPATENA (yoki kichik Midiya, Aderbigan) — Janubiy Ozarbayjonning yunoncha nomi. Atropatena qadimgi Midiyaning shim. qismini (hozirgi Talish tog’lari, Arake daryosi va Urmiya ko’llari hududini) o’z ichiga olgan. Atropatena shu joyning … Read More
ATROBON — otashparastlarning ibodatxonalarida doimo yonib turadigan muqaddas olov — “azarxo’rro”ga o’tin tashlab, kulini olib turadigan ruhoniylar. Olovga topinuvchi otashparastlar Atrobonlarga hadyalar keltirib, ular orqali muqaddas olovdan madad so’raganlar.
ATRIBUTSIYA (lotincha atributio — nisbat bermoq) — badiiy asar (rasm, haykal va boshqalar) ning asilligini, muallifini, yaratilgan joyi, vaqtini aniqlash. San’atshunoslikda asarning uslubi va yaratilish xususiyatlari (material, kompozitsiya, ijodkorning o’ziga … Read More
ATRIBUT (lotincha atributum — baxsh etaman) — 1) ob’yektning zarur, muhim, xos xususiyati (maslan, falsafada materiya Atributi — harakat); 2) grammatikada — aynan aniqlovchi (gap bo’lagi).