Arsa
Arsa – 1) sahn. 2) bino quriladigan maydon, yer sahni, chegara.
Arsa – 1) sahn. 2) bino quriladigan maydon, yer sahni, chegara.
Arralash – arra bilan magistrallarni dumaloq assortimentga (xodalar, g’o’lalar), xodalarni yog’och-taxtalarga yog’och-taxtalarni tayyorlamalarga ketma-ket kesish jarayoni. Masalan: qulatish uchun arralash, qiya arralash, radius bo’ylab arralash va hokazolar.
Arralangan qism – asbob va mexanizmlar (masalan: arra, tros (sim, arqon), chigir) bilan yog’och yuzasining mahalliy shikastlanishi.
Arralamoq (arralash) – arra bilan qattiq jismni (yog’och, metall) kesish.
Arrakash – arralovchi, arralashda qatnashadigan sherik.
Arra o’rni – arralash paytida hosil bo’lgan teshik, bo’shliq.
Arra – yog’och va metall buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. Uning tuzilishi juda oddiy – o’tkir tishli pichoq va tutqich. Masalan: dastakli arra, dastarra, chilangarlik arrasi, duradgor arrasi va hokazolar.
Armotsement (o’zakli tsement) – mayda to’ldiruvchi beton, po’lat simli to’rlar yoki to’qilmalar ular tarkibida teng taqsimlanadi. Bir vaqtning o’zida sterjen yoki sim ko’rinishidagi armaturalar qo’llanilishi mumkin. Armotsement murakkab konfiguratsiyali, yupqa … Read More
Armokonstruksiya (o’zakli qurilma) – o’zak bilan mustahkamlangan betonli qurilish-montaj qurilmasi. Masalan: yuk ko’taruvchi o’zakli qurilma.