Anjuman
Anjuman – binolar ansambli, majmuasi.
Anjuman – binolar ansambli, majmuasi.
Anjir – 1) tutdoshlar oilasiga kiruvchi, Fikuslar turkumidagi subtropic bargli daraxt; 2) naqqoshlikda anjir mevasiga o’xshash shakl.
Andradit – mineral granatlar guruhiga kiruvchi silikat.
Andom – 1) tashqi ko’rinish; 2) binoning biror qismi ko’rinishi.
Andoza (qolip) (italyancha Traforetto – teshilgan narsa) – g’oyani qayta-qayta takrorlash uchun mo’ljallangan rangli tasvir yoki bezakni shakllantirish uchun mo’ljallangan qurilma.
Andoza (yagona o’lchov) – berilgan chiziqli o’lchamlarga ega bir xil turdagi qurilish elementlari.
Andazaviy qo’riqona – tabiiy jarayonlarga insonning hech qanday aralashuvi kiritilmaydigan qo’rivona.
Andaza (qolip, o’lchov, andoza) – namuna, nusxa, ulgi, axta. Xalq ustalari bino pardozida turli shakldagi bezak andazalaridan foydalanadi.
Andava (kurakcha) – suvoqchilikda ishlatiladigan tagi silliq, dastali, temir va yog’ asbob, u bilan tom yoki devorga chaplangan loy yuzasi tekislanadi.