Aloqadorlik (bog’liqlik)
Aloqadorlik (bog’liqlik) – ikki yoki undan ortiq miqdorning o’zaro bog’liqligi, ularning bir yoki bir nechtasining o’zgarishi boshqalari o’zgarishiga olib keladi.
Aloqadorlik (bog’liqlik) – ikki yoki undan ortiq miqdorning o’zaro bog’liqligi, ularning bir yoki bir nechtasining o’zgarishi boshqalari o’zgarishiga olib keladi.
Aloqa – 1) turli texnik vositalar yordamida axborotni uzatish va qabul qilish; 2) biror narsani boshqa bir narsaga bog’lash, ulash.
Alkidli smola – ko’p asosli kislotalarga ega bo’lgan ko’p atomli spirtlarning o’zaro ta’sirlashish mahsuli. Gliftalli (ftaleyli angridrid va glitserin asosidagi) va pentaftalli (ftaleyli angridrid va pentazritrit asosidagi) smolalar keng tarqalgan. … Read More
Allyuviy – 1) cho’kindi tog’ jinsi; 2) turli darajada yumaloq va turli o’lchamdagi bo’laklardan iborat doimiy suv oqimining tsementlamagan cho’kindisi.
Alit – kimyoviy faol mineral. Suv bilan o’zaro ta’siri katta miqdorda issiqlik ajralishi bilan kechadi. Alit tez qotish va yuqori mustahkamlikka erishish xususiyatiga ega bo’lib, undan yuqori markali portlandtsement olinadi.
Aliada – geodezik burchak asobobining bir qismi.
Aleksandrit – xrom aralashmali xrizoberil mineralining tabiiy xilma-xilligi. Birinchi marta 1842 yilda tasvirlangan. Qoida tariqasida, boshqa sarg’ish-yashil xrizoberillardan kuchli pleoxroizmga ega bo’lganligi bilan farq qiladi.
Alebastr (ganch) – tabiiy gipsni 120-170 C haroratda pishirishdan hosil bo’ladigan mahsulot. Qurilishda alebastr mayda kukun ko’rinishida qo’llaniladi.
Alacha (olacha) – dastgohda to’qilgan yo’l-yo’l mato. Turar joy xonalari ichini bezatishda keng foydalanilgan.