Akslantiruvchi (qaytaruvchi, qaytargich)
Akslantiruvchi (qaytaruvchi, qaytargich) – yorug’lik yoki issiqlik nurlari, elektomagnit to’lqinlarni aks ettiruvchi qurilma.
Akslantiruvchi (qaytaruvchi, qaytargich) – yorug’lik yoki issiqlik nurlari, elektomagnit to’lqinlarni aks ettiruvchi qurilma.
Akselerator – purkagich ishga tushirilganda sprinkler havoli signal klapani ishga tushish vaqtini kamaytirishni ta’minlovchi o’rnatma.
Aks-ettirish – bir ko’rinishdagi visual xarakterga ega bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazish.
Aks bosim – sinov paytida tuproq namunasidagi g’ovak bosimini oshiradigan tashqi bosim; 2) tortishish yo’nalishiga teskari yo’naltirilgan suv bosimining tortilishi. Masalan: sizishdagi aks bosim.
Akroteriy – 1) fronton markazi yoki burchaklarida ganj o’ymakorligi yoki dekorativ shakl ko’rinishidagi bezak; 2) tom burchaklari bezagi.
Akminit – tarkibida granulali mineral yoki shisha paxta va bog’lovchi – kraxmal, litopon va polivinilatsetat emulsiya bo’lgan material.
Akmigran va akminit plitalar – shift va devorlar ustki qismini pardozlash uchun akustik plitalar.
Akmirgan – tarkibida granulali mineral yoki shisha paxta va bog’lovchi – kraxmalm karboksimetiltsellyuloza va bentonite bo’lgan material.
Akveduk – suv quvurlari o’tkazish, sug’orish va chuqur jarlik orqali dara, daryo vodiylari, yo’llardan o’tkazish uchun ko’prikka o’xshash muhandislik inshooti.