Akant naqsh

Akant naqsh – katta barg, ayiqtovon gul bargiga o’xshash naqsh. Inshoot (devor, frizz, ship, ustun boshachasi va boshqalar)ni bezashda qadimdan qo’llanilgan. Akantlar Yunoniston, Misr, Rum me’moriy bezaklarida keng tarqalgan.