Ajratilgan (himoyalangan)
Ajratilgan (himoyalangan) – har qanday aloqa, har qanday narsa bilan o’zaro ta’sir qilishdan himoya qiluvchi qopqoq, qobiq bilan himoyalangan.
Ajratilgan (himoyalangan) – har qanday aloqa, har qanday narsa bilan o’zaro ta’sir qilishdan himoya qiluvchi qopqoq, qobiq bilan himoyalangan.
Ajratiladigan – olib tashlash mumkin bo’lgan. Masalan: ajratiladigan qism, kuzovning ajratiladigan qismi va hokazolar.
Ajratib olmoq – biriktirilgan narsani uzmoq, biror narsani yechib olib tashlash, ushlangan narsani bo’shatish yoki chigallashgan narsani yechmoq.
Ajralish – 1) ulangan biror narsani ajratish; 2) elektrikada: xavfsizlik nuqtai nazaridan butun o’rnatish yoki uning qismlarini quvvatsizlantirish uchun mo’ljallangan barcha elektr manbalaridan uzish operatsiyasi.
Ajratgich tasma – avtomobil yo’llari qarama-qarshi harakat yo’nalishlarining (markaziy ajratish tasmasi), yo’lkalar juda ko’p bo’lganda, bir yo’nalishdagi yonma-yon harakat yo’laklarini ajratib turuvchi yo’lka.
Ajralib chiqish (ajratish ma’nosida) – materialdan gaz yoki bug’larning chiqishi.
Adsorbtsiya (lotincha: ad-on va sorbeo-yutish) qattiq yoki suyuqlik sirt qatlamining gaz fazasi yoxud suyuqlik eritmasidan moddaning yutilishi.
Adsorber – 1) singdiruvchi moslama; 2) erigan yoki gazsimon moddalarni adsorbent (absorbent) deb ataladigan qattiq jismning sirt qatlami tomonidan kimyoviy reaksiya bilan birga bo’lmagan singdirish (qalinlash) apparati.
Adgeziya – 1) moddalarning jism sirtiga yopirilishi; 2) o’zaro molekulyar ta’sir sababli har xil o’z sathi bilan bir-biriga tegib turuvchi qattiq yoki suyuq jismlarning yopishib ketishi.