Adan (obdon)
Adan (obdon) – obdon (ob-suv, don-o’rin) – maxsus o’ra, chuqur joy. Xorazmda hovli sahnidagi kir o’rani, xona poygohidagi qo’l yuviladigan maxsus joyni anglatadi.
Adan (obdon) – obdon (ob-suv, don-o’rin) – maxsus o’ra, chuqur joy. Xorazmda hovli sahnidagi kir o’rani, xona poygohidagi qo’l yuviladigan maxsus joyni anglatadi.
Ag’darma vagon – quyma va bo’lakli yuklarni mexanizatsiyalashgan holda tushirish moslamasi bo’lgan yuk vagoni.
Ag’darma (to’kilma, uyum) – 1) xandaq, kanal va hokazo qazishda to’plangan uyum, tuproq to’kilmasi; 2) foydali qazilma konlarini o’zlashtirish jarayonida hosil bo’lgan chiqindi jinslar, shlaklar, chiqindilar va boshqalardan iborat ko’tarma; … Read More
Ag’darish – jism yoki ob’yekt ag’darilishiga olib keladigan harakat. Masalan: aralashtirgich barabanni ag’darish.
Ag’darilmaydigan – jismning ag’darilishiga nisbatan bo’lgan bardoshliligi yoxud mahsulotni ag’darish mumkin emasligini anglatadi.
Ag’darish (qulash, pasayish, kamayish, tushish) – 1) jismning unga tortish kuchi ta’siridan kelib chiqadigan harakati; 2) bir birlikning boshqa birlikka nisbatan pasayishi, kamayishi, tushishi. Masalan, bosimning pasayishi, binoning ag’darilishi, jadallikning … Read More
Ag’dargich (bo’shatgich) – yopiq korpusli vagon, vagonetka, quti va boshqalarni ag’darish yo’li bilan bo’shatish hamda transport, jihoz va uskunalarni yonboshlatish uchun mo’ljallangan mexanik qurilma.
Agloporitbeton – g’ovakli to’ldirgich sifatida agloporit ishlatiladigan yengil beton.
Aglomeratsiya – kattaligi va ixtisosligi turlicha, zich joylashgan va o’zaro bog’liq bo’lgan aholi yashash manzillarining hududiy – iqtisodiy integratsiyasi.