Assenzatsiya maydoni
Assenzatsiya maydoni – tuproqning o’z-o’zini tozalash xususiyati hisobiga suyuq ifloflanmalarni zararsizlantirishga mo’ljallangan yer.
Assenzatsiya maydoni – tuproqning o’z-o’zini tozalash xususiyati hisobiga suyuq ifloflanmalarni zararsizlantirishga mo’ljallangan yer.
Asriy (antiqa) – 1) qadimdan qolgan, qadimiy, ko’hna. 2) noyob, nodir.
Asrash (buzilishdan saqlashga oid) (lotincha: conservation saqlash) – ob’yektlarni uzoq muddat saqlashga qaratilgan harakatlar. Masalan: yog’ochni chirishdan asrash, me’morlik yodgorliklarini asrash va hokazolar.
Asosiy suv ta’minoti – 1) qoida tariqasida, suv olish moslamalaridan iste’molchiga, asosan, yer osti yotqizilgan quvur liniyasi orqali suv yetkazib berish uchun mo’ljallangan suv ta’minoti tizimi; 2) yong’in o’chirish o’rnatmani … Read More
Asosiy sarf – hamma ashyolar, mahsulot va qurilmalar, quvvat manbalarining, ishchilar maoshi va qurilish mashina mexanizmlaridan foydalanish bahosini o’z ichiga oluvchi qurilish-montaj ishlari smeta bahosining asosiy qismi.
Asosiy naveska – modda tarkibi namunasining grammlardagi standart naveskasi bo’lib, u namunaga berilgan guvohnomada keltirilgan elementning attestatsiyalangan qiymatiga shartli ravishda mos keladi va unga nisbatan aralashmalar seriyasining kontsentratsiyasi hisoblanadi.
Asosiy qorishma (aralashma) – asosiy naveskadan tayyorlangan elementning ma’lum kontsentratsiyasiga ega bo’lgan qorishma (aralashma).
Asosiy kuchlanishlar – tashqi yuk (kuch)lar ta’sirida yuzaga keladigan kuchlanishlar bo’lib ular yassi kesimlar gipotezasidan kelib chiqqan holda materiallar qarshiligi metodlari yordamida muayyan joydagi, qo’shimcha va ichki kuchlanishlarni hisobga olmasdan … Read More
Asosiy gaz tarmog’i – 1) tabiiy gazni quvur orqali tashish uchun mo’ljallangan muhandislik inshooti; 2) yonuvchan gazni qazib olish joyidan (yoki ishlab chiqarish) gaz tarqatish stansiyalarigacha (bu yerda bosim iste’molchilarni … Read More
Asos turg’unligi – bino yoki inshoot asosining o’chmas siljish paydo bo’lmay qo’yilgan yukni saqlab turish xususiyati.