Asbobsozlik

Asbobsozlik – fan va texnologiya sohasi, o’lchov vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish, axborotni qayta ishlash va taqdim etish, avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bilan shug’ullanadigan mashinasozlik tarmog’i.

Asbozurit

Asbozurit – trepel yoki diatomit (70-85%) va asbest tolasidan (10-15%) iborat kukun. Asbozurit issiqlik izolyatsiyalovchi mastika sifatida quvur o’tkazgichlar va uskunalarning qizigan sirtiga surkaladi hamda issiqlik izolyatsiyasi bo’yicha suvoq ishlarini … Read More

Asbob (asbob-anjom)

Asbob (asbob-anjom) – ish quroli, moslama; ustalarning binokorlikdagi ish qurollari; randa, chopqi, andava egov va boshqalar. Masalan: qizdiruvchi asbob-anjomlar, deraza asbob-anjomlari, sanitariya texnikasi asbob-anjomlari, elektr qizdirish asbobi va hokazolar.