Ashuq haqida nimani bilasiz?
Ashuq (turkcha)-qoraxoniylar davrida askarlarni dushman o’qi va tig’li qurollaridan saqlagan temir dubulg’a.

Ashuq (turkcha)-qoraxoniylar davrida askarlarni dushman o’qi va tig’li qurollaridan saqlagan temir dubulg’a.
Ashrafiy (arabcha)-XIV asrda Eronda zabt etilgan oltin pul. Cho’poniy Malik Ashraf (1344-1356) sha’niga shunday deb nomlangan. Vazni bir misqoldan ortiq bo’lib, XVII asrda 4 donakka, ya’ni 3,2 grammga teng bo’lgan. … Read More
Ashl-qadimgi uzunlik o’lchov birligi; qiymati xalqaro birliklar tizimi bo’yicha 39,9 metrga teng.
Ashir oyi-qamariy oylarning birinchi-muharram oyining 2-nomi, oyning 10-kuni Ashuro kuniga nisbatan berilib Ashir oyi deb nomlangan.
Ashir (arabcha)-qadimgi hajm o’lchovi; qiymatli xalqaro birliklar tizimi bo’yicha 6 litrga teng.
Axloq ilmi (arabcha)-go’zal xulqlarni o’zlashtirish ilmi. Axloq ilmi juda sharafli, qadr-qiymatli va zaruriy ilmlardandir. Zero, ruhning sayqal va kamol topishi Axloq ilmi orqali bo’ladi.
Ashina (“A”-xitoy tilida hurmat belgisi, qo’shimcha so’z bo’lagi va “shono”, “chino” mo’g’ulcha-“bo’ri”; A+shina-“olijanob bo’ri”)-turkiy xoqonlar nomiga qo’shib aytiladigan faxriy unvon (masalan, Ashina Xelu, Ashina Sher va boshqalar).
Axurlar-“Avesto”da yovuzlik va zulmay kuchlariga qarshi kurashuvchi ilohiy mavjudotlar.
Afrodita-yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go’zallik ma’budasi. Afrodita dengiz xudosi va dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko’pigida tug’ilgan. Afroditaga sig’inish oldin Kichik Osiyo, Kipr … Read More
Axbor (arabcha-xabarlar)-1) Muhammad alayhissalomning so’zlari, faoliyati to’g’risidagi rivoyatlar, hadislar; 2) shialarning muqaddas rivoyatlari.