Aritmiya nima degani
Aritmiya nima degani – yurak yurishi yoki nafas normal ritmi buzilishi.

Aritmiya nima degani – yurak yurishi yoki nafas normal ritmi buzilishi.
Arefleksiya nima degani – pay va terida reflekslarning yo’qolib ketishi.
Arterioskleroz nima degani – arteriyalarning o’zgarishi, ularning devorlari qattiq va qalin bo’lib qolishi, fibroz to’qimasi qalinlashib, elastikligi yo’qolishi.
Arteriolonekroz nima degani – qon tomirlar devorining fibrinoid nekrozi bilan kechadigan arterioskleroz, masalan, xavfli gipertoniya kasalligida hamda kollogenozda kuzatiladi.
Areolit nima degani – ko’krak uchi sohasining yallig’lanishi; mastitning bir shakli.
Areola, doira nima degani – masalan, ko’krak bezi (emchak) so’rg’ichi atrofidagi doiracha.
Argiroz nima degani – teri, shilliq pardalar, ichki a’zolar, ko’zlar kumush to’planishi oqibatida pigmentatsiyalanishi (qoramtir va qora-kulrang).
Araxnoidendoteliomatoz nima degani – bosh miya va orqa miyada juda ko’p birlamchi meningiomalar rivojlanishi bilan tavsiflanuvchi patologik holat.
Araxnoidir nima degani – sez meningitning alohida turi. Unda yallig’lanish jarayoni, asosan, bosh yoki orqa miyaning o’rgimchak to’risimon pardasini shikastlaydi; yumshoq parda deyarli shikastlanmaydi.
Araxnodaktiliya nima degani – klinik sindrom; o’rgimchak barmoq-barmoqlarning ingichkalashib ketishi. Suyak sistemasining anomaliyasi sifatida namoyon bo’lib, uning sababi biriktiruvchi to’qimaning tuzilishi va funksiyasining irsiy buzilishidir.