Domla Hindistoniy (1892-1989)

Ilm ahli Mavlaviy hoji Hindistoniyni «Hoji Hindistoniy», «Mavlaviy Hindistoniy», «Hoji domullo», «Hazrati Mavlaviy» singari nomlar bilan e’zozlab tilga oladilar. Asli ismi Muhammadjon mullo Rustam o‘g‘li bo‘lgan bu alloma 1892 yilda … Read More

Dilmurod Quronov (1960)

Quronov Dilmurod Xaydaraliyevich, 1960 yil 27 oktyabrda O‘sh viloyatida tug‘ilgan. Andijon davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori. 35 yildan beri ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Dilmurod Quronov 100 dan ortiq ilmiy … Read More

Devoniy (1887-1938)

Devoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammadkomil Ismoil Devon o‘g‘li) (1887, Xiva yaqinidagi Sangar qishlog‘i — 1938, Toshkent) — shoir. Xivadagi Arabxon madrasasida ta’lim olgan, fors tili, xattotlik san’atini o‘rgangan. Feruz saroyida … Read More

Dadaxon Nuriy (1943-2021)

Mohir publitsist, lirik qissalar ustasi va ajoyib hajviy yozuvchi Dadaxon Nuriy 1943 yilda Namanganda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan. Hamza nomidagi akademik drama teatrida rassom, maxsus maktablarda hind … Read More

G‘urbat (1850/53-1918)

G‘urbat (taxallusi; asl nomi Abdulla Maxdum Karimberdi o‘g‘li) (1850/53 — Farg‘ona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qo‘qonda Muhammad Alixon madrasasida o‘qigan. O‘zbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy … Read More

G‘ulom Zafariy (1889-1938)

G‘ulom Zafariy ko‘pqirrali ijod sohibi bo‘lib, u o‘zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa madaniyati, qolaversa, milliy adabiyotimiz tarixida munosib o‘rin egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasiga qarashli Kattabog‘ mahallasida … Read More

G‘ozi Yunus (1889-1942)

XX asr milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Yunus — Muhammad o‘g‘li G‘ozi Yunusdir. U mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she’rlar muallifi, ko‘zga ko‘ringan … Read More

G‘affor Hotamov (1953-2021)

G‘affor Hotamov 1953 yilning 25 aprelida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi G‘ujbog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1974). Respublika bolalar gazetasi tahririyatida, «Toshkent oqshomi», «Sovet … Read More

G‘afur G‘ulom (1903-1966)

O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, … Read More