BEHI

BEHI (Cudonia oblonga Mill.)— ra’nodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. Behining Ozarbayjon, Dog’iston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” … Read More

BEHZOD MINIATYURA MAKTABI

BEHZOD MINIATYURA MAKTABI – Sharq miniatyura san’atida Behzod ijodi ta’sirida (15-asr oxiri — 16-asr boshlarida) yuzaga kelgan o’ziga xos yo’nalish. Kamoliddin Behzod asos solgan va uning shogirdlari, izdoshlari (Qosim Ali, … Read More

BEHZOD KAMOLIDDIN

BEHZOD KAMOLIDDIN (1455— Hirot— 1536)—buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uyg’onish davri yetuk san’atkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. “Ikkinchi Moniy” degan faxriy unvonga sazovor bo’lgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, … Read More

BEHBUDIY MAHMUDXO’JA

BEHBUDIY MAHMUDXO’JA (1875,? Samarqand—1919.25.3, Qarshi)— dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko’tariladi. Behbudiy haj safarida bo’lgan … Read More

BEH

BEH (Acanthophyllum gypsophiljides)— chinniguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Ildizida 10-30% saponin bor. Behning ildizidan tayyorlangan ekstrakt modda yo’talni qoldirib, balg’am ko’chiradigan va jarohatlarni bitiradigan dori sifatida xalq tabobatida, shuningdek, … Read More

BEQASAM

BEQASAM, beqasab — yo’l-yo’l gulli pishiq mato; tanda ipi ipak, arqog’i ipdan to’qiladi. Arqoq ipi tanda ipidan yo’g’onroq bo’lgani uchun mato yuzasida ko’ndalang chiziqlar (g’adirbudurlik) hosil bo’ladi. To’qish jarayonida arqoq … Read More

BESHQIZ

BESHQIZ—Surxondaryo viloyatidagi tog’lar. Sherobod Sariqamish qator tepa (gryada)lari tarkibiga kiradi. Janubi g’arbda Sherobod daryosi vodiysi va shimoli sharqda Ko’ksoy vodiysi oralig’ida. Uzunligi 12 kilometr, eng baland joyi 956 metr, chekkalarida … Read More

BESHQARSAK

BESHQARSAK, qarsak—erkaklar davra o’yin qo’shig’i. O’zbek va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ayniqsa mashhur. Beshqarsakda qarsak hamda qiyqiriq ovozlar yordamida o’yin usuli hosil qilinadi. Ba’zi … Read More

BESHYUZ

BESHYUZ, beshjuz — yuz qabilasiga mansub urug’lardan biri. 19-asrda Zarafshon vohasida yashaganlar. Beshyuzlarning avlodlari O’zbekistonning Zomin, G’allaorol va Bulung’ur, Tojikistonning O’ratepa tumanlarida yashaydi. Beshyuzlar shevasi o’zbek tilining qipchoq lahjasiga kiradi.

BESHURUG’

BESHURUG’ —o’rtapishar jaydari qovun navi. Palagi ingichka, shakli kalta, tuxumsimon (bo’yi 16-23 santimetr), og’irligi 1,5—2,5 kilogramm, sirti och yashil, serto’r, sal tilim-tilim. Po’sti qattiq, kam et (3,5— 4 santimetr), shirin. … Read More