BAT
BAT — Tailand pul birligi. 1 Bat=100 satang, 1928 yilda muomalaga kiritilgan. Valyutalar kursi bo’yicha 25,1 Bar=1 AQSh dollari (1994 yil oxiri).
BAT — Tailand pul birligi. 1 Bat=100 satang, 1928 yilda muomalaga kiritilgan. Valyutalar kursi bo’yicha 25,1 Bar=1 AQSh dollari (1994 yil oxiri).
“BASF” (“Badishe anilin und soda fabrik”) — Germaniyaning yirik kimyo kompaniyasi. 1865 yilda tashkil etilgan. 1952 yilgacha Germaniyaning “I. G. Farbenindustri” kimyo kontserniga qarashli bo’lgan.
BASTAKORLIK – yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida an’anaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy an’ana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi. Quyidagi ijod shoxobchalarini o’z ichiga oladi: 1) xalq orasida … Read More
BASTAI NIGOR — o’n ikki maqom turkumida ma’lum shu’ba nomi. Ma’lumotlarga ko’ra, uning yaratuvchisi Nigor taxallusli bastakorga nisbat berilgan. Xorazm maqomlarida Bastai Nigor (Bastanyor) cholg’u qismi o’rin olgan.
BASSO OSTINATO (italyancha basso ostinato — qat’iy bas) — musiqada variatsiya shakllaridan. Asarda o’zgaruvchi yuqori ovozlar jo’rligida pastki (bas) ovoz ko’p marta takrorlanishiga asoslanadi. Qadimgi rake janrlari (Passakalya, chakona) da … Read More