BYUDJET REZERVLARI

BYUDJET REZERVLARI — davlat tadbirlarini uzluksiz ravishda mablag’ bilan ta’minlash va kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun davlat byudjetida hosil qilinadigan fondlar. Byudjet rezervlari tabiiy ofatlar natijasida davlat mulkiga yetgan zarar o’rnini … Read More

BYUDJET MUASSASALARI

BYUDJET MUASSASALARI — aksariyat yoki butunlay davlat yoki mahalliy byudjet vositalaridan mablag’ bilan ta’minlanadigan muassasalar. Bunday tashkilotlarga boshqaruv organlari, armiya, sud, prokuratura, ijtimoiy madaniy, fan, maorif, sog’liqni saqlash sohalaridagi ko’pgina … Read More

BYUDJET YILI

BYUDJET YILI — qonuniy ravishda tasdiqlangan davlat byudjeti rejasining bajarilishi belgilangan muayyan davr, muddat (to’liq bir yilni o’z ichiga oladi). Asosan Byudjet yili davlatlarda kalendar yili bilan boshlanadi va tugaydi. … Read More

BYUDJET INDEKSI

BYUDJET INDEKSI — aholining ayrim toifalari iste’mol to’plami (iste’mol savati) ga kiradigan muayyan iste’mol tovarlari narxi va xizmatlar tariflaridagi o’zgarishlarni tavsiflaydigan indeks. Tovarlar narxi va xizmatlar tarifi o’sishi b-ilan bog’liq … Read More

BYUDJET

BYUDJET (inglizcha budget — hamyon, mablag’) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig’indisi. Byudjet davlat darajasida, shuningdek viloyat, tuman (mahalliy … Read More

BETSON

BETSON, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi 1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. “Genetika” atamasini ham Betson taklif etgan (1907). Kembrij universiteti professpr (1908-10). Ilmiy ishlari chog’ishtirma anatomiya va … Read More

BERD

BERD, Byord (Byrd) Richard (1888.25.10, Uinchester—1957.12.3, Boston) — amerikalik qutb tadqiqodchisi, uchuvchi, admiral. 1926 yilda birinchi marta Shim. qutb ustiga uchib, qo’nmasdan qaytib kelgan. AQShning Antarktikaga uyushtirgan 4 yirik ekspeditsiyasiga … Read More

BYUFFON

BYUFFON (Buffon) Jorj Lui Leklerk (1707.7.9, Monbar 1788.16.4, Parij) frantsuz tabiatshunosi. Frantsiya akademiyasining a’zosi (1753 yildan). 1739 yildan Parij Botanika bog’ining direktori. 36 jildli (1747-88) asosiy ilmiy asari “Tabiat tarixi”da … Read More

BYUST

BYUST (lotincha bustum — kuydirish joyi, Fransuzcha buste —maqbaradagi haykal) — odamning ko’krakdan yuqori — bosh qismi tasvirlangan haykal, mukammal haykaltaroshlik asari. Dastlab Misr va Yunonistonda paydo bo’lgan, so’ng Qadimgi … Read More

BYUROKRATIYA

BYUROKRATIYA (Fransuzcha bureau byuro, idora; Yunoncha kratos — kuch, hokimiyat, hukmronlik) — dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bo’lgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. … Read More