Bo’sh vaqt
Bo’sh vaqt – 1) kishining majburiy-ijtimoiy mehnati va boshqa majburiy mashg’ulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; 2) o’z xohishiga ko’ra ma’naviy va jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt.
Bo’sh vaqt – 1) kishining majburiy-ijtimoiy mehnati va boshqa majburiy mashg’ulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; 2) o’z xohishiga ko’ra ma’naviy va jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt.
Butun so’zlar usuli – savod o’rgatishning ilk davrida o’quvchilar diqqatiga bir qancha so’zlar va ularning grafik ifodasi (ya’ni yozma shakli) taqdim etilib, so’zlar bog’inlarga bo’lib tahlil etilmay, faqat o’quvchining ko’ruv … Read More
Burch – o’quvchi va talabaning, biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
“Bumerang” texnologiyasi – o’quvchini mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari jarayonlarda turli o’quv adabiyotlari, muammoli tajriba bajarish mazmuni bilan tanishtirish, fikrni erkin bayon etish hamda muayyan tajribani bajarish davomida uni baholashga qaratilgan … Read More
Brigada-laboratoriya metodi – maktab o’quv jarayonini tashkil etish usullaridan biri. Amerikacha daltonplanning bir ko’rinishi bo’lib, mustaqil o’quv-laboratoriya ishlarini o’quvchilar brigadasi tomonidan bajarilishiga asoslangan.
Breynstorming-ta’lim oluvchilarning ijodiy ishlarini hamkorlikda tashkil etishlariga oid maxsus metod.
Brayl shrift-bo’rtma nuqtalardan iborat. Ko’zi ojizlar o’qish va yozishi uchun mo’ljallangan. L.Brayt tomonidan yaratilgan Brayl shrift asosida 6 nuqtani turli vaziyatda uyg’unlashtirishga asoslangan yozuv.
Boshqaruvchi pedagogik texnologiya – nafaqat yaxlit pedagogik jarayonni, balki uning alohida qismlarini qamrab oluvchi, yuksak ijtimoiylashtirilgan shart-sharoitni ta’min etuvchi texnologiyalardir. Ularga tashxislovchi, monitoring, shuningdek, korreksiya qiluvchi texnologiyalar kiradi.
Boshqarish pedagogikasi-ta’lim muassasalarini boshqarishning nazariy-amaliy asoslari.
Boshqarish-jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o’qitish maqsadlariga erishish dasturini ro’yobga chiqarish uchun xizmat qiladigan pedagogik faoliyat.