Burab o’rash
Burab o’rash – aylanma harakat natijasida vintli rezbaga ega bo’lgan narsani kerakli joyga mahkam va mustahkam o’rnatib qo’yish (joylashtirish).
Burab o’rash – aylanma harakat natijasida vintli rezbaga ega bo’lgan narsani kerakli joyga mahkam va mustahkam o’rnatib qo’yish (joylashtirish).
Burab chiqarmoq – vintli kesma bo’ylab aylantirish orqali ajratish, olib tashlash. Burab birlashtirilgan qismlarni ajratish natijasi. Masalan: vintni burab chiqarmoq, gaykani burab chiqarmoq va hokazolar.
Burab qo’ymoq (buramoq, burab mahkamlamoq) – vint yoki gayka bilan mahkamlash, vint yordamida mustahkamlash. Masalan: vintni burab qo’ymoq (buramoq), gaykani burab qo’ymoq (buramoq) va hokazolar.
Burab kiritmoq – vintli rezbani aylantirish, biror narsani ichiga burab kiritish.
Burb kiritish – detallarni, rezba yordamida ulash (birlashtirish) jarayoni.
Burab bo’shatmoq – burama (rezba) bo’ylab burish, biror narsani bo’shatish yoki olib tashlash.
Bunker (hampa) – sochma materiallar (ko’mir, qum, tsement va hokazolar)ni qisqa muddat saqlashga mo’ljallangan po’lat, temir-beton, yog’ochdan tayyorlanadigan sig’im. Texnika sohasida bunkerlardan ventilyatsiya va havoni kondensatsiyalashda tutib olingan changli to’plash … Read More
Bungoh – qarorgoh, turar joy, qo’nalg’a.
Buldozer – o’ziyurar yer ko’chirish mashinasi, ya’ni tishli yoki g’ildirakli traktor.
Buluk – shahar atrofidagi aholi yashaydigan joylar.