Bitirish (tugatish)
Bitirish (tugatish) – 1) biror narsani oxiriga (yakuniga) yetkazish; 2) har qanday inshootni qurilishini tugatish. Masalan: qurilishni (bitirish) tugatish.
Bitirish (tugatish) – 1) biror narsani oxiriga (yakuniga) yetkazish; 2) har qanday inshootni qurilishini tugatish. Masalan: qurilishni (bitirish) tugatish.
Bitim majburiyati – bitim tarafining (ishtirokchining) ushbu shartnomada belgilangan muayyan harakatlarini bajarish yoki bajarmaslik majburiyati.
Bitim (shartnoma) – 1) shaxs va davlat o’rtasidagi ma’muriy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradigan maxsus kelishuv; 2) huquqiy munosabatlarni o’rnatish, o’zgartirish yoki tugatish maqsadida har qanday masala bo’yicha ikki yoki undan ortiq … Read More
Bitikchi – bitik ustasi, xattot, o’ymakor usta.
Bitiktosh – 1) biror tarixiy voqea sharafiga o’rnatilgan maxsus oba (obelisk) tosh; 2) esdalik toshi; 3) qabrtosh.
Bitik (yozuv, naqsh) – bino va toshlarga bitilgan tarixiy va diniy yozuvlarning umumiy nomi.
Bitoplast – silikonlangan plyonka bilan himoyalangan yopishqoq qatlam bilan maxsus polimer singdirilgan maxsus markali ko’pikli kauchuk (elastik poliuretan) asosida sanoat shovqin izolyatsiyasi uchun yonmaydigan universal ovoz yutuvchi material.
Bissektrisa – burchakni teng ikkiga bo’luvchi to’g’ri chiziq. Shuningdek, bissektrisa burchakning yon tomonlaridan teng masofada joylashgan burchak ichidagi nuqtalarning joylashuvi sifaida ham belgilanadi.
Bir xillashtirilgan (yagonalashtirilgan) – bir xillikka qaratilgan yagona tizimga olib kelingan.
Bir xillashtirish (yagonalashtirish) – asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarning o’lchamlari va turlarining optimal sonini tanlash.