Banket
Banket – 1) yo’l chuqurchasining tepa tomondan, yog’in-sochin suvlar oquvidan saqlash uchun joylashtiriladigan tuproq to’siq; 2) tuproqli ashyolardan barpo etiladigan to’g’onning yuqori va quyi qismida toshdan qilingan prizma.
Banket – 1) yo’l chuqurchasining tepa tomondan, yog’in-sochin suvlar oquvidan saqlash uchun joylashtiriladigan tuproq to’siq; 2) tuproqli ashyolardan barpo etiladigan to’g’onning yuqori va quyi qismida toshdan qilingan prizma.
Band bog’lash – islimiy naqsh kompozitsiyasi asosini birlashtirib, belgilab chizish.
Bandak – g’ishtin devorlarda ko’ndalang o’rnatilgan shakldor mayda g’isht.
Band (qadimiy ma’nosida) – 1) to’g’on, damba. Forish yaqinida Xonbandi (X-asr), Abdullaxon bani (XVI-asr) saqlanib qolgan; 2) naqshda novda tasviri; 3) islimiy naqshni tashkil etuvchi asosiy chiziq. Gul, daraxt kompozitsiyasiga … Read More
Balyasinalar (ustunchalar) – zina, balkon va hokazolar tutqichini ushlab turuvchi baland bo’lmagan shakldor yog’och, tosh, metall ustunchalar.
Balyustrada (naqshinkor panjara) – balkonlar, zinalar, tomlar va hokazolarning baland bo’lmagan shakldor ustunchali balyasinali tutqich-to’sig’i.
Balchiq tutkich – burg’ulash loyidan, ayniqsa, mayda zarralar va balchiqni ajratib olish uchun markazdan qochadigan qurilma.
Balchiq zichlagich – radial ikkilamchi tindirgichlarda hosil bo’lgan faol balchiqni zichlashtirish uchun ishlatiladigan tuzilmalar.
Balchiq quvuri – kanalizatsiya balchig’ini tashish uchun mo’ljallangan quvur liniyasi yoki lotok. Masalan: loyqa so’rgich.
Balchiq (loyqa, cho’kindi ma’nosida) – hajmi bo’yicha qum va loy o’rtasidagi donador material, asosan, kvarts donalari bo’laklaridan iborat. Masalan: faol balchiq, ko’pchigan balchiq, loyqa cho’kindi, tubdagi balchiq, donador balchiq, ohakli … Read More