Battarizm, duduqlanish nima degani
Battarizm, duduqlanish nima degani – duduqlanish shaklidagi nutq buzilishi; bunda nutq tempi tezlashgan, zarb bilan gapiradi va nafas olish uchun to’xtab-to’xtab qoladi; ayrim so’zlar talaffuzi buziladi.

Battarizm, duduqlanish nima degani – duduqlanish shaklidagi nutq buzilishi; bunda nutq tempi tezlashgan, zarb bilan gapiradi va nafas olish uchun to’xtab-to’xtab qoladi; ayrim so’zlar talaffuzi buziladi.
Barofunksiya nima degani – barotravmaning oldini olish maqsadida organizmning o’zgaruvchan atmosfera bosimiga qarshi o’rta quloq va burun atrofidagi bo’shliqlarda bosimni o’zgartirishi.
Barotravma nima degani – havo bosimining keskin o’zgarishi natijasida shikastlanish quloq, burun ichidagi qo’shimcha bo’shliqlar, o’pkaning shikastlanishi.
Barbituratizm nima degani – toksikomaniyaning turi bo’lib, barbituratlarni katta miqdorda (dozada) va uzoq muddat qabul qilish natijasida kelib chiqadigan surunkali zaharlanish.
Bandaj, bo’g’ich nima degani – homiladorlikda, qorin devori bo’shashganda, qorin bo’shlig’i a’zolari (me’da, ichak, buyrak va boshqalar) joyidan siljib pastga tushib qolganda ushlab turishda, churraning kirish yo’li-darvozasini yopishda, qorin devori … Read More
Balneologiya, mineral suvlarning organizmga ta’sirini o’rganuvchi fan nima degani – kurortologiyaning mineral suvlar, ularning fizik-kimyoviy xususiyati, fiziologik hamda har xil kasalliklarda organizmga ta’sirini o’rganadigan, davolash-profilaktika maqsadida qo’llanilishini ishlab chiqadigan bo’limi.
Balzamirovaniye, mumiyolash, balzamlash nima degani – murda to’qimalarini mikroorganizmlar hamda to’qima fermentlarining chiritadigan ta’siridan saqlaydigan moddalar bilan to’yintirish (shimdirish).
Bakteriuriya nima degani – yangi ajratilgan siydikda bakteriyalar mavjudligi.
Balanopostit nima degani – olatning boshi va ichki bargi yallig’lanishi. Odatda, fimozda yuzaga keladi va oddiy balanitga qaraganda organizmning ancha intensiv mahalliy reaksiyasi hisoblanadi. Zararlangan joylar qizaradi va shishadi, bu … Read More
Bakteriofag nima degani – bakterial hujayraga o’tib yashab, reproduktiv jarayon orqali talay nasl hosil qiladigan va shu hujayrani eritib yuborish, bakteriyalar yashaydian muhitga fag zarralar chiqarish qobiliyatiga ega bo’lgan virus.