CHEGIRILMAYDIGAN QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I
CHEGIRILMAYDIGAN QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I – sotib oluvchi tomonidan to’lanadi va bunday hoi ro’y berganda uning QQS to’lash majburiyatidan chegirib tashlanmaydi.
CHEGIRILMAYDIGAN QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I – sotib oluvchi tomonidan to’lanadi va bunday hoi ro’y berganda uning QQS to’lash majburiyatidan chegirib tashlanmaydi.
CHEGARAVIY (O’LIK) NUQTA – subyektning sarflagan xarajatlarini mahsulotni sotgandan olgan daromadi hisobidan qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi.
CHEGIRIB TASHLANADIGAN QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I (QQS) – Bu oraliq iste’moli, asosiy kapitalni yalpi jamg’arish yoki qayta sotish uchun mo’ljallangan hamda tovar va xizmatlar sotib olish uchun to‘lanadigan qo’shilgan qiymat solig’idir. … Read More
CHEGARADAGI XARAJATLAR (DAROMADLAR) – qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha xarajatlar (daromadlar).
CHAYANOV ALEKSANDR VASILEVICH (1888-1937) – taniqli iqtisodchi, Rossiyada tashkiliy ishlab chiqarish maktabining asoschisi, dehqonni mehnat xo’jaligining asosi deb, oilaviy mehnat yacheykasini tashkil etgan (kollektivizatsiyaga qarshi); kooperatsiya va agrar sohalarda 200 … Read More
CHATISHGAN USULLAR – qimmatli qog’ozlarning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ular zayom va egalik huquqlari usullarining xususiyatlarini birlashtiradi. Ular imtiyozli aksiyalar va konvertrlanadigan (almashadigan) obligatsiyalar.
CHARTER -1. Kema yoki boshqa transport vositasi bo’yicha belgilangan muddat va reys bo’yicha tuzilgan fraxt shartnomasi. 2. Moliya kredit faoliyati bilan shug’ullanish huquqi berilgan hujjat.
CHAKANA SAVDO – iste’molchilaming pul daromadlariga ayirboshlash yo’li bilan tovar sotish va xizmat ko’rsatishdagi oxirgi bo’g’in.
CHAKANA REKLAMA – iste’molchilarga ma’lum xizmat yoki tovarni qachon va qayerda sotib olish mumkinligi to’g’risidagi mazkur xabar.
CHAKANA NARX – tovarning xaridorga sotilayotgandagi narx. U ulgurji narxga chakana savdo firmasining barcha boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish xarajatlarini hamda daromadini qo’shish orqali aniqlanadi.