DAKOTA

DAKOTA (o’zlarini shunday ataydilar), dakotasiu — AQSh va Kanadadagi SIU guruhiga mansub indeys xalqi (Janub va shimol Dakota, Minnesota va Nebraska Shtatlaridagi rezervasiyalarda yashaydi. AQShda — 10 ming kishi, Kanadada … Read More

DAKLAR

DAKLAR — qadimgi shimoliy-frakiy qabilalari, Dunayning shimoldan Karpat tizma tog’lari etaklarigacha yoyilib yashaganlar. Desebal (Daklar yo’lboshchisi) davrida Daklarning mardona qarshilik ko’rsatishlariga qaramay, 89, 101 — 102, 105-106 yillarda ular yashayotgan … Read More

DAKKA

DAKKA, Dhaka (hosildorlik ma’budasi nomidan) — Bangladesh poytaxti. Gang-Brahmaputra daryosi deltasidagi port. Mamlakatning va Dakka viloyatining ma’muriy siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy markazi. Aholisi 3,8 million kishi (shahar atrofi bilan … Read More

DAKAR

DAKAR — Senegal poytaxti. G’arbiy Afrikaning muhim sanoat, transport va savdo-moliya markazlaridan. Yashil Burun yarim orolida, muhim dengiz yo’llari kesishgan yerda joylashgan. Iqlimi subekvatorial; yanvarning o’rtacha temperaturasi 22°, iyulniki 28°. … Read More

DAKANA

DAKANA — ayollar ro’moli; odatda qora yoki oq satindan tayyorlanadi va soch farqini berkitib, sochni tutib turishga xizmat qiladi. Ko’proq o’rta yoshli va keksa ayollar katta (ko’pincha oq doka) ro’mol … Read More

DAYSUNXON

DAYSUNXON (1422-52) – oyrat xoni (1439 yildan). Daysunxon davrida hamma mo’g’ul erlarini oyrat xonligi qo’l ostida (qisqa muddatga) birlashtirishga erishilgan; bu birlashtirish jarayonida muhim rolni Daysunxonning 1 vaziri Esen o’ynagan. … Read More

DAYRIY TOSHKANDIY

DAYRIY TOSHKANDIY (16-asr 2-yarmi — Toshkent — 17-asr boshlari) — shoir. Hayoti va ijodi haqida Mutribiyning “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asarida ma’lumot berilgan, she’rlaridan namunalar keltirilgan. Abdol sulshon (16-asrning 2-yarmi) … Read More

DAYR UL-BAHR

DAYR UL-BAHR – qadimgi Misr (Fiva yaqini) da qoyalar etagida (vodiy bo’ylab) joylashgan me’moriy majmua. Fir’avn Mentuxotep I xotirasiga qurilgan ehrom (miloddan avvalgi 21-asr) kolonnadalar bilan o’ralgan, yirik piramidali, devorlari … Read More

DAYR UZ-ZUR

DAYR UZ-ZUR (Arabcha Firib monastiri) — Suriya Arab Respublikasi sharqidagi shahar. Dayr uz-zur muhofazasining ma’muriy markazi. Furot daryosining o’ng sohilida, Halabdan Iroqqa boruvchi avtomobil yo’li ustida. Aholisi 133 ming kishi … Read More

“DAYMLER-BENTS AT”

“DAYMLER-BENTS AT” – yetakchi nemis avtomobil kontserni. 1926 yilda Gottlib Daymler va Karl Bents tomonidan Germaniyaning Shtutgart shahrida tashkil etilgan. Asosan yengil va yuk avtomobillari, og’ir yuk tortuvchi tyagachlar, kichik … Read More