Dozimetriya
Dozimetriya – nurlanish darajasini o’lchash. O’simlik, hayvon va inson organizmiga radioaktiv nur!arning ta’sirini, radioaktiv ifloslanish darajasini, ion hosil qiluvchi nurlarning dozasini aniqlashda qo’llaniladigan usullar yig’indisi.
Dozimetriya – nurlanish darajasini o’lchash. O’simlik, hayvon va inson organizmiga radioaktiv nur!arning ta’sirini, radioaktiv ifloslanish darajasini, ion hosil qiluvchi nurlarning dozasini aniqlashda qo’llaniladigan usullar yig’indisi.
Dorsal, dorzal – a’zoning yelka, orqa tomonda joylashganligini anglatadi: masalan, dorsal (yelka) suzgich qanot.
Dorivor o’simliklar – farmatsevtika, tibbiyotda odam va hayvonlarni davolashda foydalaniladigan, tarkibida organizmga fiziologik ta’sir qilish xususiyatiga ega moddalari bог shifobaxsh o’simliklar. Ularning shifobaxshligi tarkibida uchraydigan alkaloidlar, glikozidlar, vitamin!ar, oshlovchi moddalarga … Read More
Donor – o’z qoni, a’zo yoki to’qimasini davo maqsadida ixtiyoriy topshiruvchi shaxs.
Donning shira olishi – donli o’simliklarning rivojlanish bosqichlaridan biri. Bu davrda don tarkibidagi organik modda!ar to’p!anib, suv miqdori esa kamayadi.
Donli ekinlar – bir pallali o’simliklar.
Don – donli уа dukkakli don o’simliklarining mevasi, urug’i.
Dominantlar – Ustun turlar – fitosenozning turli yaruslarida soni уа hajmi jihatidan ustunlik qiluvchi o’simlik turlari.
Dominantlik, ustunlik – аllеl irsiy belgilar – genlarning o’zaro munosabati; bunda allelning biri ikkinchisiga nisbatan kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.
Dominant belgi, ustun belgi – duragay organizm birinchi naslida ota yoki оnа o’simlikka xos belgilardan birontasining ustun bo’lishi.