Doirasimon (qobiqsimon) qoziq
Doirasimon (qobiqsimon) qoziq – doirasimon bo’shliqli temir-beton qoziq, bo’shlig’i tuproq yoki beton bilan to’ldiriladi.
Doirasimon (qobiqsimon) qoziq – doirasimon bo’shliqli temir-beton qoziq, bo’shlig’i tuproq yoki beton bilan to’ldiriladi.
Doira (chegara, soha, viloyat) – 1) ochiq bog’langan kichik to’plam; 2) kamar, chiziq, ba’zi chegaralar orasidagi bo’shliq, ikkita chiziq yoki muayyan chiziq bo’ylab; 3) har qanday tarzda cheklangan hudud. Masalan: … Read More
Doira (aylanaga doir) – 1) aylana ichida yotgan tekislikning bir qismi; 2) ko’chma ma’noda – tsikl; 3) geometrik shakl. Masalan: mor doirasi, zo’riqishlar doirasi va hokazolar.
Doimiylik (o’zgarmaslik) – 1) ba’zi xususiyatlar, sifatlar, elementlarning o’zgarmasligi; 2) biror narsada o’zgaruvchanlikning yo’qligi, sodiqlik, qat’iylik. Masalan: ishchilarni ish bilan ta’minlash doimiyligi, hajm o’zgarmasligi va hokazolar.
Doimiy yuk – bino va inshootning butun xizmat muddati davomida doimiy ta’sir etuvchi kuch.
Doimiy (muttasil) – 1) to’xtovsiz, o’zgarmas va har doim bir xil, abadiy; 2) vaqtinchalik emas, uzoq muddatga mo’ljallangan. Masalan: gaz doimiyligi, kapillyar doimiylik, xom ashyo mutasilligi va hokazolar.
Dozator (me’yorlagich) – yong’in o’chirish o’rnatmalarida ko’pik hosil qiluvchi qo’shimchani suvga dozalash uchun mo’ljallangan o’rnatma.
Diffuzor – quvurlarning toraygan qismi. Masalan: tingdirgich diffuzori.
Dispetcherlashtirish – qurilish ishlab chiqarishining hamma qismlarini, qurilish-montaj ishlarini, reja va ishlab chiqarishni boshqarish nazorat qilish, uni moddiy-texnika manbalari, tashkilotlar, yordamchi korxona va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ishini kelishtirishni ta’minlashga qaratilgan … Read More
Dispetcher – (inglizcha dispatcher, to dispatch – yuborish, jo’natish) – muayyan hududdagi har qanday harakatni muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo’lgan mansabdor shaxs.