Dekorativ qoplamalar
Dekorativ qoplamalar – ichki va tashqi tomondan oyna yoki shisha paketga yopishtiriladigan qoplamalar.
Dekorativ qoplamalar – ichki va tashqi tomondan oyna yoki shisha paketga yopishtiriladigan qoplamalar.
Dekorativ beton – talab etilgan estetik xossalarga erishish uchun bo’yash, silliqlash, teksturalash, naqsh solish, o’yib shakl berish, topping va boshqa usullarni qo’llash yo’li bilan olinadigan beton.
Dekor – bino inshootlar fasadlari va interyerlari yoki buyumlarni bezash tizimi. Bitta va ko’p rangli bo’yoqlar, badiiy naqshlar, haykaltaroshlik tasvirlari va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Degrezchilik (metall quyishga oid, quymachilik) – 1) quyish bilan bog’liq; 2) metalla buyum quyiladigan bo’linma yoki zavod.
Devorlari kesishadigan konstruktiv sxema – devorlari yuk ko’taruvchi, tashqi devorlari yuk ko’tarmaydigan (osma) yoki ko’taruvchi bo’lgan hamda orayopma plitalarning kontur yoki uch tomon bo’yicha tayanilishini ko’zda tutuvchi konstruktiv sxema.
Devoriy (osma) – devorga o’rnatilgan yoki devor uchun mo’ljallangan.
Devor shpunt – shpuntli (yog’och, temir beton, po’lat) svaylarni gruntga qoqish bilan hosil bo’lgan yaxlit devor, bu devor suv o’tkazmaydigan va gidrotexnika inshootlari (sohil bo’yi devorlari, kameralar, shlyuzlar va shu … Read More
Tsokolli devor – bino yoki inshootning pastki chiqib turuvchi qismi bo’lib, bu qism bevosita poydevor ustida joylashadi.
Devor tirgak – material yoki transport vositalaridan zo’riqqan gruntnign yon tomonlama bosimidan hosil bo’ladigan, bosimga qarshilik qilishga mo’ljallangan turli konstruktiv ijroda bajarilgan devor.