ELIMINATSIYA

ELIMINATSIYA (lotincha — ostonadan chiqaraman, olib tashlayman) — tashqi muhitning har xil abiotik va biotik omillari ta’sirida organizmlarning halok bo’lishi. Eliminatsiya yashab qolishning teskari ma’nosi. Tabiiy tanlanish va evolyusiya jarayoni … Read More

ELEKTROXOD

ELEKTROXOD — o’ziyurar kema. O’zidagi elektr stansiyadan, akkumulyatorlar batareyalaridan yoki tashqi kontakt tarmog’idan energiya olib ishlaydigan elektr dvigatellar bilan harakatga keladi. Elektroxod bosh elektr generatorini harakatga keltiruvchi dvigatellarning tipiga qarab, … Read More

ELEKTROSINTEZ

ELEKTROSINTEZ (elektro… va Yunoncha — birikish) — turli kimyoviy birikmalarni elektrolizlab olish usuli. Anorganik va organik birikmalarni sintezlash uchun elektrokimyoviy oksidlanishdagi anod reaktsiyasidan ham, elektrokimyoviy qaytarilishdagi katod reaktsiyasidan ham foydalaniladi. … Read More

ELEKTROOSMOS

ELEKTROOSMOS (elektro… va Yunoncha — itarish, bosish) — tashqi elektr maydon ta’sir ettirilganda suyuqdikning kapillyarlar va g’ovak diafragmalar orqali harakatlanishi. Dispers sistemalar va kapillyarlarda tashqi elektr maydon ta’sirida fazalardan birining … Read More

ELEKTRON HISOBLASH MASHINASI

ELEKTRON HISOBLASH MASHINASI (EHM) — asosiy funktsional elementlari (mantiq, xotira va boshqalar) elektron lampalar yoki yarimo’tkazgichli asboblar, integral mikrosxemalardan tuzilgan hisoblash mashinasi. Birinchi EHM — analograqamli hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash … Read More

ELEKTRON LAMPALAR

ELEKTRON LAMPALAR — elektronlar oqimi maxsus elektrodlar (to’rlar) yordamida boshqariladigan elektr vakuum asboblar; ikki, uch va ko’p elektrodli xillari bor. Ikki elektrodli oddiy Elektron lampalar — diod bir tomonlama o’tkazuvchanlikka … Read More

ELEKTROMAGNIT TO’LQINLAR

ELEKTROMAGNIT TO’LQINLAR — vaqt bo’yicha davriy o’zgaradigan elektromagnit maydon (o’zaro bog’langan E elektr va N magnit maydonlar)ning fazoda chekli tezlik bilan tarqalish jarayoni. O’zgaruvchi induktsiya oqimi uyurma elektr maydonni, u … Read More

ELEKTROMAGNIT INDUKTSIYA

ELEKTROMAGNIT INDUKTSIYA — magnit maydonida harakatlanuvchi o’tkazgichda yoki berk kontur o’rab turgan sirt orqali o’tuvchi magnit induktsiya oqimi o’zgarganda konturda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo’lish hodisasi. M. … Read More

ELEKTROPLITA

ELEKTROPLITA (elektro… va Yunoncha lulob — eruvchan, parchalanuvchan) — elektr tokini o’tkazuvchi ionlarning ma’lum kontsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor ma’noda — elektrolitik dissosiasiya natijasida hosil bo’ladigan ionlar bilan … Read More

ELEKTROKARDIOGRAMMA

ELEKTROKARDIOGRAMMA (elektro., kardio… va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil bo’lgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. Elektrokardiogramma elektrokardiograf yordamida qog’ozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari … Read More