ERITISH

ERITISH (metallurgiyada) — materiallar (cho’yan, po’lat, rangli metallar, shisha va boshqalar) ni maxsus pech (Eritish pechi) da qayta ishlab, suyuq holatdagi mahsulot olish jarayoni. Eritish pechi qattiq va suyuq yoqilg’i, … Read More

EROZIYA

EROZIYA (lotincha ego8yu — yemirilish) — tog’ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida emirilish jarayoni. Eroziya relef hosil qiluvchi asosiy omillardan biridir. Yer yuzasidagi Eroziya (notekis relefning tekislanishi) va chiziqli … Read More

ERKAQORI

ERKAQORI, Karimov Erkaqori (1877.17.12, Dang’ara tumani tumor qishlog’i — 1954.12.3, Qo’qon) — ashulachi, askiyachi, O’zbekiston xalq hofizi (1944). Katta ashula san’atining yirik vakillaridan; shirali, jarangdor ovoz sohibi. Bolaligida kasallik oqibatida … Read More

ERKAKO’T

ERKAKO’T — qo’ng’irboshlilar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simliklar turkumi; ozuqabop ekin. Yevrosiyo, Shimoliy Afrika, Avstraliya va Yangi Zelandiyada 15 turi tarqalgan. O’rta Osiyo, Kavkazda 10 ga yaqin turi o’sadi. … Read More

ERKAYEV ALIJON

ERKAYEV ALIJON (1933.10.10, Oltiariq tumani) — O’zbekiston xalq hofizi (2003). Toshkent chet tillar institutini tugatgan (1956). Falsafa fanlari nomzodi (1969). Farg’ona pedagogika instituti (1957-60), Toshkent pedagogika instituti (1969-72)da o’qituvchi, Toshkent … Read More

ERK QAL’A

ERK QAL’A — ko’hna Marv shahri xarobasini tashkil etgan qal’alardan biri. Turkmanistondagi Murg’ob daryosining o’rta oqimi bo’yida, Bayramali shahri yaqinida joylashgan. Erk qal’a Marvning eng qadimiy qismi hisoblanadi. Erk qal’aning … Read More

ERYIGITOV TO’YCHI

ERYIGITOV TO’YCHI (1921.10.11, hozirgi Sug’d viloyati, Tojikiston — 1943.5.10, Leningrad viloyati, Rossiya Federatsiyasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1064-o’qchi polki (Volxov fronti 54-armiyaning 281-o’qchi diviziyasi) avtomatchisi. Smerdinya qishlog’ini ozod … Read More

ERISH

ERISH — moddalarning issiqlik ta’sirida qattiq (kristall) holatdan suyuq holatga o’tish jarayoni. Sof moddalarning Erish jarayoni Erish temperaturasiga bog’liq. Erish vaqtida qattiq holatdagi atomlarning joylashish tartibida fazoviy kristall panjara buziladi. … Read More

ERITROSITLARNING CHO’KISH TEZLIGI

ERITROSITLARNING CHO’KISH TEZLIGI — qon plazmasidagi oqsil komponentlarining o’zaro nisbati va turli kasalliklarda eritrositlar soni va hajmi o’zgarishlarini aniqlaydigan diagnostik ko’rsatkich. Bunda qon biror antikoagulyani (masalan, natriy tsitrat) bilan aralashtirilib, … Read More

ERITROSITLAR

ERITROSITLAR (Yunoncha qizil va hujayra) — qizil qon tanachalari, qonning shaklli elementlari; tarkibidagi gemoglobin qonga qizil tus beradi. Eritrositlar, asosan, organizm bilan atrof muhit o’rtasidagi gazlar almashinuvini, ya’ni nafas olishni … Read More