Eshnur
Eshnur-ravshan, baxt, omad, hamrohi bo’lgan bola yoki Nur, ya’ni Muhammad (s.a.v.) hamrohi bo’lgan, payg’ambar qo’llaydigan bola
Eshnur-ravshan, baxt, omad, hamrohi bo’lgan bola yoki Nur, ya’ni Muhammad (s.a.v.) hamrohi bo’lgan, payg’ambar qo’llaydigan bola
Eshnor-xol (nor) bilan tug’ilgan bola yoki otasiga do’st, hamroh bo’lib yursin yoki nor (nor tuya)dek baquvvat bo’lsin
Eshniyoz-otasiga hamroh, esh bo’lib yuruvchi, Allohdan o’tinib so’rab olingan bola yoki Alloh ato qilgan ehson, tuhfa
Eshnazir-Nazir, ya’ni Allohga do’st, hmdam bo’ladigan, Alloh qo’llaydigan bola
Eshmo’min-mo’min, ya’ni Allohnign yo’ldoshi, Alloh tobe, bo’ysungan bola yoki otasi, aka-opalarining hamrohi bo’lgan taqvodor, mo’min-qobil bola
Eshmuhammad-Muhammadning do’sti, tarafdori yoki Muhammad (s.a.v.) yo’ldosh bo’ladigan, qo’llaydigan bola yoxud ota-onasi (aka-opalari)ga hamroh, hamdam bo’luvchi bolani Muhammad (s.a.v.) o’z panohida asrasin
Eshmurod-orzu qilingan, kutilgan do’st, hamroh
Eshmaqsad-orzuimiz, maqsadimiz bo’lgan o’g’il ulg’ayib ota-onasiga hamroh, hamdam bo’lsin
Eshman-“esh” so’zi bilan boshlanadigan ba’zi qo’shma ismlar (Eshmuhammad, Eshnazar)ning erkalash-qisqartma shakli
Eshkeldi-ota-onasi, aka-opalariga hamdam, hamroh bo’ladigan bola tug’ildi