GIGRO…

GIGRO… (Yunoncha hygros — nam, ho’l) — qo’shma. so’z tarkibiy qismi bo’lib, o’zi qo’shilgan so’z ma’nosi namlik, namgarchilikka oidligini anglatadi (masalan, gigrometr, gigroskopiya).

GIGA…

GIGA… (Yunoncha gigas — ulkan) — karrali birliklarning nomlarini hosil qilish uchun ishlatiladigan old qo’shimcha. Asosan birlikdan milliard (109) marta kattalikni bildiradi.

GIASINT

GIASINT — silikatlar sinfiga mansub mineral. Tsirkonnutg shaffof, to’q qizil, to’q sariq yoki qo’ng’ir rangli turi, kuchli olmossimon yaltiroq. Giasintning rangi ushbu nomdagi gulni eslatadi (nomi shundan). Eng sifatli Giasintlar … Read More

GZAK

GZAK, Gza, Kzak — qipchoqlar xoni (12-asr oxiri), Konchaknchng ittifoqchisi. Knyaz Igor Svyatoslavichning hujumini qaytarishda (1185) hamda Konchakning Rusga qilgan yurishida qatnashgan. Knyaz Igor ustidan g’alaba qozongandan keyin Gzak qo’shini … Read More

GETTERLI NASOS

GETTERLI NASOS — vakuum nasosining bir turi. Ishi gazlar (inert gazlardan boshqa barcha gazlar)ni yutish xususiyatiga ega bo’lgan metall yutgich — getterning ana shu xususiyatiga asoslangan.

GETMAN

GETMAN (polyakcha hetman, nemischa Hauptmann — boshliq so’zidan) — 1) Ukrainada 16-17-asr 1-yarmida kazaklar rahbari, 1648 yildan Ukraina hokimi va kazak qo’shinlari boshlig’i; bir qator dehqon-kazak ko’zg’olonlari rahbari; 2) Polshada … Read More

GETEROXROMIYA

GETEROXROMIYA (getero… va Yunoncha chroma — rang, tus) — o’ng va chap ko’z yoy pardalarining yoki bir ko’z yoy pardasi turli qismlarining har xil rangli bo’lishi. Tug’ma yoki hayot davrida … Read More

GETEROKARION

GETEROKARION (getero… va Yunoncha karyon — yadro) — ikki va undan ortiq har xil genotipli gaploid yadro hujayra. Gifalarning o’zaro qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bir xujayrada har xil sifatli yadroning bo’lishi … Read More