GIPO…

GIPO… (Yunoncha hypo — ostida, tagida) — qo’shma so’z tarkibiy qismi, o’zi qo’shilib kelgan so’zga: 1) quyida ekanlik (masalan, gipoderma); 2) me’yorga nisbatan pasayganlik (masalan, gipotoniya) ma’nolari ifodasini beradi.

GIPOKOTIL

GIPOKOTIL (gipo… va Yunoncha Kotyle – o’yiq) — o’simlik poyasining ildiz bo’ynidan to urutalla o’rnashgan joygacha bo’lgan qismi.

GIPPOKRAT OYCHALARI

GIPPOKRAT OYCHALARI (o’roqchalari) — to’g’ri burchakli uchburchak katetlari va gipotenuzasini diametr sifatida qabul qilib chizilgan uchta yarim aylana bilan chegaralangan figuralar. Shu singari o’roqsimon shakllarni Gippokrat tekshirgan.

GOGENTSOLLERNLAR

GOGENTSOLLERNLAR (Hohenzollern) — Branderburg kurfyurstlari (1415— 1701), Prussiya qirollari (1701 — 1918), Germaniya imperatorlari (1871 — 1918) sulolasi. Asosiy vakillari: Fridrix Vilgelm, Fridrix II, Vilgelm I, Vilgelm II.

GOVIND SINGH

GOVIND SINGH (1666.26.12-1708. oktabr) — sikxlarning o’ninchi va so’nggi diniy rahbari (gurusi). Sikhlar jamoasi boshlig’i (1675-1708). Sikhizmni isloh qilib, guru hokimiyatini sikh harbiy-diniy tashkiloti — xalsega topshirgan.