GALVANOSKOP
GALVANOSKOP — elektr zanjirida tok bor-yo’qligini va tok yo’nalishini aniqlaydigan asbob. Tuzilishi milli galvanometri o’xshaydi.
GALVANOSKOP — elektr zanjirida tok bor-yo’qligini va tok yo’nalishini aniqlaydigan asbob. Tuzilishi milli galvanometri o’xshaydi.
GAMILKAR BARKA (Hamilcar Barca) (miloddan avvalgi 285-229) — Karfagen sarkardasi. Gannibamsht otasi. 1-Puni urushi (miloddan avvalgi 264-241)da rimliklar ustidan Sisiliyada bir necha bor g’alaba qozongan (miloddan avvalgi 247-241). Miloddan avvalgi … Read More
GAMILTON OPERATORI – ramziy vektor (nabla operator, V — operator). U. Gamilton topgan (1853). Differentsial operator.
GAMMA, ranglar gammasi — o’zaro uyg’un (biri etakchi bo’lgan) rang tuslari sirasi. tasviriy va amaliy bezak san’atida badiiy asar yaratishda keng qo’llaniladi. Iliq, sovuq, yorqin ranglar Gammasi farqlanadi.
GAMMA-DEFEKTOSKOPIYA – buyumlarning ichki nuqsonlarini gamma-nurlar yordamida aniqlash usuli. Metallar (kobalt, iridiy va boshqalar)ning radioaktiv izotoplari chiqarayotgan gamma-nurlarning yutilishini o’lchashga asoslangan. Gamma-Defektoskopiya bilan ishlayotganda biologik muhofaza zarur.
GAMMA-KVANT (u-kvant) — katta energiyaga (odatda 105 elektron-voltdan katta) ega elektromagnit maydon kvanti. Zarra va antizarralar annigilyatsiyasida hosil bo’ladigan fotonlar xam u-kvantlar deyiladi. Gamma-kvant, masalan, atom yadrolaridagi kvant o’tishlar va … Read More
GAMMA – SPEKTROSKOPIYA – gamma-nurlanish spektrlari, energiyasi hamda gamma-yemirilish sodir bo’ladigan atom yadrolarining xossala- rini o’rganuvchi spektroskopiya bo’limi. Gamma-nurlanish spektrlari olish uchun maxsus asboblar ixtiro qilingan.
GANDUM (forscha — bug’doy) — forslarning qadimgi og’irlik o’lchov birligi; aynan bug’doy donining o’zginasi. Kiymat jihatidan arpa doni qiymati (0,048 gramm) ga teng.
GANJA XONLIGI – Ozarbayjonning kura daryosi vodiysida 18-19-asr boshlarida mavjud bo’lgan davlat. Markazi — Ganja shahri 1795 yil Eron bosib olgan; 1804 yildan Rossiya imperiyasi tarkibida.