GANNIBAL ABRAM (IBROHIM) PETROVICH

GANNIBAL ABRAM (IBROHIM) PETROVICH (taxminan 1697-1781) — rus harbiy muhandisi, general-anshef (1759). Efiopiya knyazi o’g’li. Petrning kamerdineri va kotibi. A. S. Lushkinnit bobokaloni. Pushkin Gannibal xotirasini “Buyuk Pyotrning habashi” nomli … Read More

GAOSHAN

GAOSHAN (xitoycha — tog’liklar) — Tayvan (Xitoy) orolidagi xalkdar guruhi (atayyal, Sou, Amey, bunun va boshqalar). 340 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Indonez guruhiga mansub tillarda so’zlashadi. An’anaviy diniy e’tiqodlar saqlangan.

GAPRINDASHVILI NONA TERENTEVNA

GAPRINDASHVILI NONA TERENTEVNA (1941.3.5, Zugdidi shahri) — gruzin shaxmatchisi, ayollar o’rtasida 5-jahon chempioni (1962-1978). Gaprindashvili ayollardan 1-bo’lib erkaklar o’rtasidagi xalqaro grossmeyster unvonini olgan. “Oskar” shaxmat sovrindori (1982). Gruziya Milliy Olimpiya … Read More

GARDISH

GARDISH — 1) buyumning aylanma sirti, doirasi. Masalan, g’ildirak Gardishi; 2) badiiy miskarlikda keng qo’llaniladigan naqshlardan biri. Gardish barkash, lagan kabi buyumlarning ichki yuzasi chetiga chizilgan doiralardan iborat bo’lib, ularning … Read More

GARM SERIYASI

GARM SERIYASI (Pomirdagi garm qishlog’i nomidan) — arxey va quyi proterozoy eralariga mansub tog’jin- slari majmuasi. Paragneys, ortogneys, kristalli slaneslar, marmar toshlardan iborat. Quyi va yuqori svitalarga bo’linadi. Qalinligi 3 … Read More

GARMO MUZLIGI

GARMO MUZLIGI — Pomirdagi muzlik. Vaxshning chap irmog’i Obixingov va Panjning o’ng irmog’i Vanch daryosining boshlanish qismida (Tojikiston Respublikasi). Uzunligi 30,4 kilometr, eni qariyb 2 kilometr, maydoni 115 kilometr kvadrat. … Read More

GARMO CHO’QQISI

GARMO CHO’QQISI — Pomirdagi tog’ cho’qqisi (Tojikiston Respublikasi). Fanlar akademiyasi va Darvoz tizmalari qo’shilgan joyda. Balandligi 6595 metr. Garmo va Geografiya jamiyati muzliklari bor.