GARMONIK QATOR

GARMONIK QATOR – hadlari natural sonlarga teskari sonlardan tashkil topgan qator Garmonik qator uzoqlashuvchi qatordir. Garmonik qatorning bu xususiyatini 1673 yilda G. Leybnis isbotlagan. Garmonik qatorning ikkinchi hadidan boshlab har … Read More

GARMONIKA

GARMONIKA (Yunoncha harmonikos — ohangdosh) — bir qator oiladosh musiqa sozlari (akkordeon, garmon, lab Garmonikasi va boshqalar)ning umumiy nomi.

GARMCHASHMA SVITASI

GARMCHASHMA SVITASI (Pomirdagi Garmchashma daryosi nomidan) — arxey erasining Vaxon seriyasiga mansub tog jinslari majmui. Geolog M. I. Rabkin Pomirdagi Shozdara tizmasida ajratgan (1941). Gneys, migmatit va qisman marmar toshdan … Read More

GAROV

GAROV, zakalat — 1) pul qarz olinganda qarz oluvchi uni qaytarib berishi kafolatiga qo’ygan mulki. Qarz to’lanmasa, mulk qarz beruvchi ixtiyoriga o’tadi; 2) biror narsa yoki hodisa haqida bahslashuvchi ikki … Read More

GARNE (GAMIER) JAN LUI SHARL

GARNE (GAMIER) JAN LUI SHARL (1825.6.11 – Parij – 1898.3.8 ) – Fransuz me’mori. Parijdagi nafis san’at maktabida o’qigan (1842-48). Eklektizm ruhidagi dabdabali inshootlar yaratgan (Parijdagi “Grand-Opera”, 1861-75; Monte-Karlodagi opera … Read More

GARNIZON

GARNIZON (Fransuzcha qarnison; garner — ta’minlamoq, qurollantirmoq) — muayyan aholi punkti yoki ma’lum chegaraga ega rayonda doimiy yoki vaqtincha joylashadi harbiy qismlar, harbiy o’quv yurtlari va muassasalari majmui. Garnizondagi harbiy … Read More

GARRIK (GARRICK) DEYVID

GARRIK (GARRICK) DEYVID (1717.19.2, Xereford — 1779.20.1, eltron, London yaqinida) — ingliz aktyori. Yevropa teatrida ma’rifiy realizm asoschisi va sahna islohotchilaridan biri. Teatr jamiyatni tarbiyalovchi vosita deb hisoblagan. 1742-76 yillar … Read More

GASSER (GASSER) GERBERT SPENSER

GASSER (GASSER) GERBERT SPENSER (1888-1963) — Amerika fiziologi. Nerv tolalaridagi bioelektr potentsiallarini elektron ossillograf yordamida tadqiq qilgan. Nobel mukofoti laureati (1944; J. Erlanger bilan hamkorlikda).

GASTRO

GASTRO…, gastr… (Yunoncha gaster — me’da, oshqozon, qorin) — qo’shma so’z bo’lagi; me’daga daxldorlikni bildiradi (masalan, gastroenterit, gastrit va boshqalar)

GASTRONOM

GASTRONOM (gastro… va nomos — qonun) — sovuq yengil taomlar va alohida usulda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazin. Katta savdo zali bo’lgan va turli oziq- ovqat mahsulotlari bilan … Read More