Geografik uzunlik
Geografik uzunlik – muayyan joyning boshlang`ich meridiandan qanchalik uzoqda ekanini ko`rsatuvchi miqdor.
Geografik uzunlik – muayyan joyning boshlang`ich meridiandan qanchalik uzoqda ekanini ko`rsatuvchi miqdor.
Geografik muhit – tabiatning odamni o`rab olgan, inson jamiyati bilan bevosita o`zaro ta`sir va aloqada bo`lib turadigan, ya`ni Yerning odam hayoti bilan juda yaqindan bog`langan qismi.
Geografik landshaft (nemischa land – yer, shaft – manzara, ko`rinish) – Geografik qobiqdagi tabiat komponentlarining o`zaro ta`siri, aloqalari muvozanatiga ko`ra boshqa joylashdan farq qiladigan, tabiiy chegaralarga ega bo`lgan hududiy tabiat … Read More
Geografik mintaqa – yer yuzasi kenglik – zonal tabiiy geografik bo`linishining eng yirik qismlari. Geografik mintaqa bir-birlaridan iqlimi bilan farq qiladi.
Geografik landshaft – yer geografik qobig`ining tabiiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan va o`z tabiati bilan boshqa joylardan farq qiladigan qismi.
Geografik koordinata – biror nuqtaning yer yuzasidagi o`rnini aniqlaydigan miqdorlar. Geografik koordinatalar geografik kenglik va geografik uzunliklardan tarkib topgan. Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geografik koordinatasi … Read More
Geografik kenglik – biror joyning ekvatordan qanchalik uzoqda ekanligini ko`rsatadigan miqdor.
Geografik zonallik – yer geografik qobig`i tarkibining asosiy qonuniyatlaridan biri.
Geografik xaritalar – yer yuzasi yoki uning biror qismining belgilangan masshtabda xartagrafik tasvir asosida, shartli belgilar yordamida, saralangan, umumlashtiriligan va kichiraytirilgan tasviri.
Geografik zonalar – geografik qobig`ning geografik mintaqalar doirasida asosan issiqlik bilan namlik miqdori va nisbatiga qarab muayyan tartibda qonuniy almashinib boradigan asosiy landshaft qismlari.