INTEGRATSIYA

INTEGRATSIYA (lotincha integratio — tiklash, to’ldirish, integer — butun so’zidan) — 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funktsiyalarining o’zaro bog’liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; … Read More

INTEGRAL TENGLAMALAR

INTEGRAL TENGLAMALAR – noma’lum funktsiyalar intefal belgisi ostida ishtirok etadigan tenglamalar. Mexanika, fizika va boshqa tabiiy fanlarning turli masalalari Integral tenglamalar vositasida hal qilinadi. Singulyar Integral tenglamalar birinchi marta 20-asr … Read More

INTEGRAL GEOMETRIYA

INTEGRAL GEOMETRIYA – matematikaning integrallar yordamida bir jinsli geometrik ob’yektlar (nuqtalar, kesmalar, to’g’ri chiziqlar, ularning juftlari, egri chiziqlar va hokazolar) dan tuzilgan to’plamlarda o’lchash masalalarini o’rganadigan bo’limi. Geometrik ehtimolliklarga taallukdi … Read More

INTALIYA

INTALIYA (italyancha intaglio — o’yma) — chuqurlashtirilgan tasvirli Gemma. Intaliya, asosan, muhr vazifasini o’tagan. Qadimgi Sharq mamlakatlarida miloddan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo’lgan, antik davrda keng tarqalgan.

INSTANTSIYA

INSTANTSIYA (lotincha instantia — bevosita yaqinlik) — bir-biriga itoat qiladigan tashkilotlar, davlat boshqarmalari, sud organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar tizimidagi bosqich.

INOKULYATSIYA

INOKULYATSIYA (lotincha inoculatio — emlash) — tirik mikroorganizmlar, kasallik yuqtirilgan materiallar, zardoblar yoki boshqa moddalarni o’simliklar, hayvonlar va odam to’qimalariga yoki oziq muhitga kiritish.

INNOVATSIYA

INNOVATSIYA (inglizcha innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag’lar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilg’or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va … Read More

INKRET

INKRET (lotincha incretus — elangan) — ichki sekresiya bezlarida ishlanib, bevosita qonga yoki limfaga chiqadigan moddalar.