IDRISIYLAR

IDRISIYLAR — Marokashda hukmronlik qilgan Arab sulolasi (8— 10-asrlar). Idris ibn Abdulloh sulolaga asos solgan. Idris II (792-828) vafotidan keyin Idrisiylar davlati mayda mulklarga (Idrisiylar boshqargan) bo’linib ketgan. Qurtuba xalifaligi … Read More

IDORA

IDORA — 1) ma’lum bir ijtimoiy, davlat, xo’jalik, savdo va shu kabi tarmoqlarni boshqarish uchun shtatli xodimlari va ma’muriyati bo’lgan tashkilot, muassasa, boshqarma va ular o’rnashgan bino. Masalan, xo’jalik Idorasi., … Read More

IDISH

IDISH — yahudiylar bir qismi tili. Hind-Yevropa tillari (german guruhi) oilasiga mansub. Bu tilda so’zlashuvchilar jahonning ko’pchilik mamlakatlari (Yevropa davlatlari, Amerika, Janubiy Afrika, Isroil va boshqalar)da istiqomat qiladi. Yozuvi qadimgi … Read More

IDIOMATIKA

IDIOMATIKA — leksik idiomalar majmui; tilshunoslikning idiomalarni o’ziga xos til birligi sifatida leksik-grammatik tarkibi, ma’nolari tavsifi, sintaktik va ekspressiy-uslubiy xossalarini o’rganuvchi bo’limi.

IDIOGAMIYA

IDIOGAMIYA (nemischa Idiogamie) — gulli usimliklarning o’zidan changlanishi. Idiogamiya autogamiya, ya’ni bir gulning o’z changi bilan changlanishi hamda geytenogamiya, ya’ni bir tugshagi gulning shu o’simlikdagi boshqa gul changi bilan changlanishi … Read More

IDEOGRAFIK YOZUV

IDEOGRAFIK YOZUV [Yunoncha idea – ideya (g’oya), obraz va grapho — yozaman] — belgilar (ideogrammalar) butun bir so’zni yoki tushunchani bildiradigan yozuv turi. Qadimgi yozuv sistemalaridan Misr yozuvi, Xitoy yozuvi … Read More

IDEOGRAMMA

IDEOGRAMMA (Yunoncha idea – g’oya, obraz va …. gramma) — yozuv belgisi (shartli tasvir). Ideogramma nutqtovushlariga emas, balki so’z yoki morfemaga teng keladi. Masalan, Qadimgi Misr, Xitoy ierogliflari.

IBN

IBN (Arabcha) — ayrim Sharq xalqlarida erkak ismlari tarkibida keluvchi so’z. O’tmishda Turkiston xalqlari o’rtasida ham qo’llanilgan. O’g’li ma’nosini ifodalaydi. Masalan, Ahmad ibn Muhammad — Muhammad o’g’li Ahmad. Ibn izzat-hurmatini … Read More

IDALGO

IDALGO (ispancha hidalgo) — o’rta asrlarda Ispaniyadagi ritsarlarning mayda va o’rta tabaqasi. “Idalgo” istilohi 12-asrning oxirida paydo bo’lgan. Rekonkista davrida Idalgolar muhim harbiy kuch sanalgan. 15-asrdan Idalgolar qashshoqlasha boshlagan. 16-asrda … Read More